Sahobat Azimjonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabohat Azimjonova (1923-yil dekabr, Toshkent — 2001-yil 26 aprel)

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqshunos olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950— 77), bo‘lim boshlig‘i (1977—95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan) bo‘lib ishlagan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zahmatkash olima 150 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar muallifidir. Asosiy ilmiy ishlari Boburning Kobul va Hindistondagi faoliyati, O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rta asrlarda qo‘shni xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bag‘ishlangan. Asarlari Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»sini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sabohat Azimjonova bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati. [1]

  1. „Sahobat Azimjonova“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.