Kontent qismiga oʻtish

Safogaray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Safogaray (15101549) - Qozon xoni (1524—49). Qrim shahzodasi FotihGarayning oʻgʻli. Qozon taxtini amakisi SohibGaraydan soʻng egallagan. S.G. hokimiyati yirik mulkdorlar tomonidan cheklangan edi. Qrim xonligi va Noʻgʻay Oʻrda bilan mustahkam aloqada boʻlib, Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar qilgan (1535— 37, 1541—42). Xalqharakatlari (1532, 1545—46, 1549), mulkchilik jarayonining chuqurlashuvi va Qrim mulkdorlarining saroydagi mavqelarini kuchayishi S.G. hokimiyatini zaiflashtirgan. Uni ikki marta taxtdan agʻdarishgan. S.G. davrida Qozon xonligining "togʻlik tomoni" aholisi (chuvashlar, togʻli mariylar va boshqalar) rus fuqaroligini qabul qilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil