Safa masjidi (Goa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Safa masjidi (Goa)
Masjidning yaqindan koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Goa
Koordinatalar 15°24′N 74°01′E / 15.40°N 74.02°E / 15.40; 74.02 G OKoordinatalari: 15°24′N 74°01′E / 15.40°N 74.02°E / 15.40; 74.02 G O
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi

Safa masjidi yoki Safa Shahouri masjidi Hindistonning Goa shahri hududidagi Ponda tumanida joylashgan masjiddir[1]. U XVI asrga aloqador islom yodgorligi hisoblanadi. Masjidda bogʻ va favvoralardan tarkib topgan majmua mavjud. Terakota plitkali tomi toʻrtburchak shaklidagi ibodatxonani qopalab turadi[2]. Bu Goadagi milliy ahamiyatga ega boʻlgan ASI tomonidan himoyalangan yodgorlikdir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safa masjidi yon tomonida, janubiy qismida 30 ga 30 metr oʻlchamdagi mehrob, naqshinkor toshli idish joylashgan.

V. T. Gunening yozishicha, masjid 1560-yilda Bijapuri hukmdori Ibrohim Odil Shoh I tomonidan Ponda markazidan 2 km uzoqlikda qurilgan[3]. Masjid Odil shoh davriga yoki undan oldingi davrga tegishli boʻlishi mumkin. Ammo masjidda hech qanday yozuv yoʻqligi va uning qurilganligi haqida tarixiy maʼlumotlar saqlanmaganligi sababli qurilishning aniq sanasi nomaʼlum[1]. Portugallarning Goa ustidan hukmronligi davrida masjidga askarlar tomonidan kuchli ziyon yetkazilgan va yoqib yuborilgan. Masjid 1980-yillarda qisman rekonstruksiya qilinmaguncha vayrona holida qolib ketgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Shokoohy, Mehrdad. Muslim Architecture of South India: The Sultanate of Ma'bar and the Traditions of the Maritime Settlers on the Malabar and Coromandel Coasts (Tamil Nadu, Kerala and Goa) (en). Routledge, 2003 — 253, 256 bet. ISBN 978-0-415-30207-4. 
  2. „Government of Goa | Safa Masjid“ (en-US). Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  3. V. T. Gune, „Ancient shrines of Goa (A pictorial survey)“, Department of information of Government of Goa. Panji 1965. page:965-988.