Kontent qismiga oʻtish

Sadoi Fargʻona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sadoi Fargʻona
Turi siyosiy, adabiy, ijtimoiy gazeta
Noshir Obidjon Mahmudovning xususiy bosmaxonasi
Asos solingan 1914-yil 3-aprel
Bosh muharrir Obidjon Mahmudov
Tili oʻzbekcha, ruscha
Nashrning toʻxtatilishi 1915-yil 6-iyun (123-son)
Bosh ofisi Qoʻqon
Adadi 500—600 nusxa

"SADOI FARGʻONA" ("Fargʻona ovozi") — jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. Qoʻqonda 1914-yil 3 apreldan 1915-yil 26 mayga qadar oʻzbek tilida nashr qilingan. 1914-yil 17 iyuldan "Ferganskoye exo" nomi bilan haftada 3 marta rus tilida ham chiqqan. Gaz.ni qoʻqonlik taraqqiyparvar ziyoli va tadbirkor Obidjon Mahmudov (taxallusi Obid Chatoq) tashkil etgan. Gaz. xususiy bosmaxonada 4 sahifada, taxminan 500—600 nusxada chop qilinib, asosan, qoʻlda tarqatilgan. Tahririyatning tarkibi 3 kishi — O. Mahmudov (noshir va muharrir), Ashurali Zohiriy (adabiy xodim, musahhih), Usmon Nuriydan (rus tilidan oʻzbekchaga tarjima qilish bilan shugʻullangan) iborat boʻlgan. O. Mahmudov va A. Zohiriy gaz. uchun turli mavzularda makrlalar ham yozishgan. "S.F." da oʻsha davr oʻzbek adabiyeti va publitsistikasining taniqli namoyandalari — Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Sulaymonov (Choʻlpon), Toʻlagan Xoʻjamyorov (Tavallo), Ibrohim Davron, Saidahmad Vasliy va boshqa sheʼr va maqolalari bilan faol hamkorlik qilganlar. "S.F."da publitsistik va adabiy janrlarda yozilgan asarlardan tashqari, Rossiya firmalari, shuningdek, Qoʻqondagi tijoratchilarning mollarini reklama qiluvchi eʼlonlar ham bosilgan (3 va 4 sahifalarda). Gaz.da madaniymaʼrifiy mavzu markaziy oʻrin tutgan. "S.F." yoshlarga dunyoviy bilimlarni oʻrgatuvchi zamonaviy (usuli jadid) maktablarni izchil tashviq qilgan, bu masala yuzasidan munozaralar uyushtirgan, millatning ijtimoiy ongini yuksaltirishga xizmat qiluvchi yangi badiiy adabiyot, matbuot yaratish, xalq ommasiga tushunarli adabiy tilni shakllantirish, yoshlardan bilimdon, maʼnaviy barkamol mutaxassislar yetishtirish kabi milliy taraqqiyotga doir dolzarb muammolar haqida bahs yuritgan. Jami 122 soni chiqib, soʻng toʻxtatilgan.

  • Abduazizova N. A., Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917), T., 2000.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil