S-400

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
S-400
Asosiy maʼlumotlar
Turi Oʻrta va uzoq masofali ZRM
Loyihachi Almaz“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Bosh konstruktor Aleksandr Lemanskiy
Loyihalangan yili 2007
QKga qabul qilingan 2007—hozirgacha
Foydalanish
Asosiy foydalanuvchilar Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boshqa foydalanuvchilar
Asosiy texnik xususiyatlari
Pastka yoʻnaltiradi
S-400

S-400 „TRIUMF“ — Rossiya oʻrta va uzoq masofali zenit raketa majmuasi (ZRM). „Triumf“ — eksport versiyasining nomi. S-400 zenit-raketa majmuasining toʻrtta transport vositasidan iborat bitta boʻlinmasining shartnoma qiymati taxminan 1250 million dollarni yoki 1 tr 12 mlrd 500 mln so'mdan ortiqni tashkil qiladi. Erta aniqlash radari 600 km gacha aniqlay olish qobilyatiga ega.

Boshqaruv elementlari tarkibiga Elbrus-90micro seriyali raqamli hisoblash majmuasi kiradi.

40N6E ultra uzoq masofali raketalar bilan ZRM 380 kmgacha boʻlgan masofadagi aerodinamik nishonlarga zarba bera oladi. Boshqariladigan zenit raketa 40N6 AWACS, EW samolyotlari, havo qoʻmondonlik punktlari, strategik bombardimonchilar, gipertovushli qanotli va ballistik raketalarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan. Raketani yangi oʻzini oʻzi boshqaruvchi kallak bilan jihozlash yer usti radarlari ko‘rinmaydigan nishonlarni oʻqqa tutish va yoʻq qilish imkonini beradi.

Yaratilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh dasturchi — Akademik A. A. Raspletin nomidagi „Almaz“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi. Bosh muhandis — Aleksandr Lemanskiy.

S-400 havo mudofaa tizimining keyingi rivojlanishi S-500 Prometey havo mudofaa tizimini yaratish boʻlib, u boshqa maqsadga ega. S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa quroli boʻlib, u cheklangan darajada raketaga qarshi mudofaa maqsadlarida qoʻllanilishi mumkin. Oʻz navbatida, S-500 faqat ballistik raketalardan baʼzi muhim nishonlarni qoplash uchun yaratilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]