Sırpsındığı jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sırpsındığı jangi
Bolqonlardagi Usmonli urushlari

Sanalar 1364
Urush yeri Edirne, Meriç daryosi yoqasi, Sarayakpınar
Natija Usmonli gʻalabasi, Bolgariyaning Usmonlilarni tan olishi va Edirnening poytaxtga aylantirilishi
Raqiblar
Serb imperiyasi
Ikkinchi Bulgʻor podsholigi
Valaxiya knyazligi
Bosniya banligi
Vengriya qirolligi
Usmonli imperiyasi
Qoʻmondonlar
Jovan Uglješa
Vukašin Mrnjavčević
Layosh Buyuk
Murod I
Hacı İlbey
Kuchlar
~80 000-100.000 ~10.000-11.000
Yoʻqotishlar
~60 000 ~1 000

Sırpsındığı jangi — 1364-yilda Vengriya qirolligi, Serb impeiyasi, Ikkinchi Bulgʻor podsholigi, Valaxiya knyazligi, Bosniya banligi va Valaxiya knyazligidan tashkil topgan ittifoqning Usmonli imperiyasini Bolqonlardan uzoqlashtirish uchun boshlagan jangi.

Sırpsındığı soʻzining maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sırpsındığı“ soʻzi birlashgan soʻz hisoblanib, „Sırp“ ve „Sındık“ soʻzlarining birlashmasidan tashkil topgan. Ilk soʻz „Sırp“ (serb) xalqning nomi hisoblanadi. „Sındık“ soʻzi esa „Sı“ feʼl va „dık“ sifatdan iborat va buzish, sindirish, parchalash degan maʼnoni beradi[1].

Sırpsındığı jangi „Serblarning parchalangan jangi“ degan maʼnoni beradi. Bundan tashqari Sırpsındığı Edirnening shimoliy-sharq qismida joylashgan, hozirgi nomi Sarayakpınar boʻlgan, jang sodir boʻlgan qishloqdan olingan[2].

Ushbu jang bilan bogʻliq munozaralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu jangning sanasi va boʻlib oʻtgan yeri haqida koʻplab tortishmalar mavjud. Turli turk va xorijiy manbalar bu jangning Çirmen jangidan boshqa jang boʻlganligini va Çirmen jangining yuz berishining asosiy sabablaridan biri boʻlib, Serblar magʻlubiyatdan soʻng, qasos olish uchun Çirmen jangini boshlatganligi aytiladi. Buning isboti sifatida Çirmenning bugungi Yunoniston hududida boʻlishiga qaramay, 1364-yildagi jang, bugungi Turkiya hududlarida qolgan va oʻsha hududning yaqinidagi bir qishloqda boʻlganligi[3], boshqa tarafdan papa Urban V ning Çirmen jangidan oldin vafot etganligi haqidagi fikirlar mavjud[4].

Bundan tashqari, Çirmen jangi bilan Sırpsındığı jangi ayni boʻlganligi haqida fikrda boʻlgan ozinlik, ayniqsa, xorijiy manbalar mavjud.

Boshqa manbalarda 1364-yilda boʻlib oʻtgan buyuk bir jang mavjudligi ammo, bu jangning Sırpsındığı emas Birinchi Meriç jangi ekanligini, Ikkinchi Meriç jangi sifatida nomlangan Çirmen jangi esa Sırpsındığı ekanligini iddao qilingan[5].

Urush boshlanishiga sabab[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonli imperiyasi Edirneni 1361-yilda bosib olganidan soʻng, Konstantinopoldan Yevropaga olib boradigan strategik asosiy yoʻl yopilib qoldi. Turk muhojirlari katta hisobda va tezlik bilan Trakyaga joylashishni boshlagan. Usmonlilarning 1363-yilda Filibeni qoʻlga kiritish arafasida qochgan va Serbiyadan boshpana olgan Vizantiya qoʻmondoni Usmonlilar ustiga yurish qilishni tavsiya qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Büyük Türkçe Sözlük: sı-, sın- (Wayback Machine saytida 2013-03-28 sanasida arxivlangan) Türk Dil Kurumu
  2. „Onur, Erdal -"Sırpsındığı zaferi:Rumeli'nin ilk şehitleri"- Anıt kitabevi (1995) sayfa:27“. 2011-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Ucuzsatar, Necati Ulunay. Tarih Boyunca Türk Harp Sanatı Taktik ve Stratejisi (Türkçe). Ankara: Gnkur. Askeri Tarih ve Stratejik Etüt Başkanlığı Yayınları, ss. 236-245., 1990. 
  4. „Urban V“. The Holy See.
  5. „L.S itStavrianos, The Balkan since 1453, sayfa: 43-44“. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan.