Ryan Esson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ryan Esson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ryan John Esson[1]
Tavallud sanasi 19-mart 1980-yil (1980-03-19) (44 yosh)
Tavallud joyi Aberdeen, Shotlandiya
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inverness CT (darvozabonlar murabbiyi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Parkvale
1996—1999 Aberdeen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2006 Aberdeen 89 (0)
2002Rotherham United (ijara) 0 (0)
2006—2008 Shrewsbury Town 6 (0)
2008 Hereford United 1 (0)
2008—2017 Inverness Caledonian Thistle 163 (0)
Milliy terma jamoa
1999—2001

Shotlandiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi[2]
7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2017-yil 20-avgust 22:59 (utc) uchun)

Ryan John Esson (talaffuzi: Rayan Jon Esson) (1980-yil 19-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik sobiq darvozabon. Hozirda Ryan John Esson „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi jamoasida darvozabonlar murabbiyi. Esson oʻz faoliyatini 2000-yilda Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Aberdeen“ klubi darvozaboni sifatida boshlagan. Ryan John Esson „Shrewsbury Town“ va „ Hereford United“ klublarida ham oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aberdeen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ryan John Esson oʻz faoliyatini oʻzi tugʻilgan shahri Aberdeendagi (Shotlandiya Premer-ligasi vakili) „Aberdeen“ futbol klubida boshlagan. Ryan John Esson „Aberdeen“ futbol klubi jamoasida 2000-yilning 14-mayida „Kilmarnock“ klubi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ilk marta maydonga tushgan. „Aberdeen“ futbol klubi 2000-yilgi Shotlandiya kubogi finaliga chiqdi va final oʻyinining uchinchi daqiqasida Jim Leighton (soʻnggi marta futbolchilik faoliyatida maydonga tushgan oʻyin) boshidan jiddiy jarohat oldi. Oʻsha paytda jamoa zaxira oʻrindigʻida faqat uchta futbolchi boʻlganligi sababli Robbie Winters darvozaga Essonning formasini kiyib kirishga majbur boʻlgan[3]. Ryan John Esson 2000—2001-yillar davomida „Aberdeen“ futbol klubining birinchi posboniga aylandi. Keyingi mavsumda Ryan John Esson 2002-yil mart-may oylarida „Rotherham United“ klubida qisqa muddatli ijara muddatini oʻtkazdi.

Ryan John Esson 2002—2003-yilgi mavsumda umuman oʻynamagan va 2003—2004-yillarda atigi ikki marta maydonga tushgan. Shundan soʻng, Ryan John Esson 2004—2005-yillarda „Aberdeen“ klubining aksariyat oʻyinlarida qatnashdi.

Ryan John Essonning shartnoma muddati 2005—2006-yilgi mavsum oxirida tugadi va mavsum davomida 18 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u koʻproq asosiy jamoa oʻyinlarida maydonga tushishni xohlagani uchun klubni tark etishga qaror qildi. Ryan John Essonning soʻnggi oʻyini 2006-yil may oyida „Celtic“ klubiga qarshi uchrashuv boʻldi.

Shrewsbury Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ryan John Esson 2006-yil 30-iyun kuni „Shrewsbury Town“ klubiga tekin transfer asosida qoʻshildi.

Hereford United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning 17-martida Ryan John Esson jarohat olgan Michael Inghamning oʻrnini qoplash uchun mavsum oxirigacha „Hereford United“ futbol klubiga qoʻshildi. Ryan John Esson mavsumning soʻnggi kunida klub safida oʻzining yagona oʻyinini „Grimsby Town“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ryan John Esson 2008-yil 19-mayda „Hereford United“ klubini tark etdi[4][5].

Inverness CT[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esson „Inverness“ jamoasi sifatida 2010-yilning may oyida Caledonian stadionida Birinchi diviziya chempionligini nishonlash vaqtida

2008-yil 15-iyulda Esson „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ryan John Esson 2009—2010-yilgi mavsumda Birinchi diviziya chempionligini qoʻlga kiritgan jamoa tarkibida deyarli barcha oʻyinlarda maydonga tushgan[6]. Ryan John Esson 2011—2012-yilgi mavsumda „Mavsumning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[7]. Ryan John Esson 2012-yilning may oyida „Inverness“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[8]. 2013-yil dekabr oyida Ryan John Esson „Inverness“ futbol klubi bilan yana bir shartnoma imzoladi. Bu shartnoma Ryan John Essonning klubdagi murabbiylik rolini ham oʻz ichiga olgan edi[9].

2018-yil boshida Ryan John Esson oʻynashdan koʻra koʻproq murabbiylik roliga eʼtibor qaratishini eʼlon qildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubuk Liga kubugi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Aberdeen 1999—2000[10] Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2000—2001[11] 36 0 1 0 1 0 2 0 40 0
2001—2002[12] 9 0 1 0 2 0 12 0
2002—2003[13] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2003—2004[14] 2 0 0 0 0 0 2 0
2004—2005[15] 23 0 3 0 0 0 26 0
2005—2006[16] 18 0 0 0 1 0 19 0
Aberdeen (Jami) 89 0 5 0 4 0 2 0 100 0
Shrewsbury Town 2006—2007[17] Ikkinchi Liga 6 0 0 0 0 0 0 0 6 0
2007—2008[18] 0 0 0 0 2 0 0 0 2 0
Shrewsbury (Jami) 6 0 0 0 2 0 0 0 8 0
Hereford United 2007—2008[18] Ikkinchi Liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Inverness Caledonian Thistle 2008—2009[19] Shotlandiya Premer-ligasi 21 0 2 0 3 0 26 0
2009—2010[20] Shotlandiya birinchi diviziyasi 36 0 2 0 2 0 3 0 43 0
2010—2011[21] Shotlandiya Premer-ligasi 35 0 1 0 0 0 36 0
2011—2012[22] 33 0 0 0 0 0 33 0
2012—2013[23] 15 0 1 0 2 0 18 0
2013—2014[24] Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2014—2015[25] Shotlandiya Premer-ligasi 16 0 4 0 0 0 20 0
2015—2016[26] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017[27] 6 0 0 0 1 0 7 0
2017—2018[28] Shotlandiya chempionati 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Inverness (Jami) 163 0 10 0 8 0 3 0 184 0
Jami 259 0 15 0 14 0 5 0 293 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2008–09. Mainstream, 2008. ISBN 978-1-84596-324-8. 
  2. „Scotland U21 Player Ryan Esson Details“.
  3. „Rangers profit from Dons' misery“. BBC (27-may 2000-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2015-yil.
  4. „Hereford release player quartet“. BBC Sport (20-may 2008-yil). Qaraldi: 21-may 2008-yil.
  5. „Players leaving the Street“. herefordunited.co.uk. 2009-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2008-yil.
  6. Bannerman, Charles. „Inverness CT 1–0 Dundee“. BBC Sport. BBC. Qaraldi: 2-may 2010-yil.
  7. „Statistics: Inverness CT“. Qaraldi: 6-aprel 2014-yil.
  8. „Ryan Esson relief at new Inverness Caledonian Thistle deal“. BBC Sport. BBC (17-may 2012-yil). Qaraldi: 17-may 2012-yil.
  9. „Ryan's Good Save!“. ICTFC.com. Inverness Caledonian Thistle FC (19-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  10. „Games played by Ryan Esson in 1999/2000“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  11. „Games played by Ryan Esson in 2000/2001“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  12. „Games played by Ryan Esson in 2001/2002“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  13. „Games played by Ryan Esson in 2002/2003“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  14. „Games played by Ryan Esson in 2003/2004“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  15. „Games played by Ryan Esson in 2004/2005“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  16. „Games played by Ryan Esson in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  17. „Games played by Ryan Esson in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Ryan Esson in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  19. „Games played by Ryan Esson in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  20. „Games played by Ryan Esson in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  21. „Games played by Ryan Esson in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  22. „Games played by Ryan Esson in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  23. „Games played by Ryan Esson in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  24. „Games played by Ryan Esson in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  25. „Games played by Ryan Esson in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  26. „Games played by Ryan Esson in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  27. „Games played by Ryan Esson in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
  28. „Games played by Ryan Esson in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.