Ruotsinpyhtää

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruotsinpyhtää ( Fincha talafuzi : [ˈruo̯tsimˌpyhtæː] ; shvedcha: Strömfors ) — Finlandiyaning sobiq munitsipaliteti . Ruotsinpyhtää, Pernå va Liljendal 2010-yilning yanvar oyining 1chi sanasida Loviisa tarkibiga birlashtirildi.

Ushbu shaharcha Janubiy Finlandiya provinsiyasida joylashgan bo'lib Sharqiy Uusimaa (hozirgi Uusimaa ) mintaqasining bir qismi edi. Munitsipalitet qariyb 2893 (2009-yil 31-dekabr) aholiga ega boʻlib, 470.03 square kilometre (181.48 mi²) maydonni egallagan. Shundan jami 193.36 km2 (74.66 mi²) faqat suvdan iboratdir. Aholi zichligi 10.46 inhabitants per square kilometre (27.1/sq mi) .

Munitsipalitet so'zlashuvchilar faqat ikkita tilda so'zlashar edi, ko'pchilik fin va ozchilik shved tilida so'zlashuvchilar edi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruotsinpyhtää hududi dast avval Pyhtää tarkibiga kirgan. 1743-yildagi Abo shartnomasidan keyin Shvetsiya va Rossiya imperiyasi o'rtasidagi chegara Pyhtääni ikki davlat o'rtasida bo'linib turgan Ahvenkoski tezligida chizilgan. Shu sabab tufayli g'arbiy tomon Ruotsinpyhtää (shvedcha Pyhtää) deb nomlandi. 1744-yilda Yakob Forsel (keyinchalik Forselles) va Anders Nohrstryom mahalliy temir zavodini sotib oldilar, ular familiyalari bilan kompaniya nomini Strömfors deb o'zgartirildi. 1817 yilda Strömfors munitsipalitetning rasmiy shved nomiga aylangan edi.[1]

Ruotsinpyhtää cherkovi 1771-yilda yog'ochdan qurib bitazilgan. Cherkov 1898-yilda hozirgi gotika uyg'onish ko'rinishida ta'mirlangan.[2][3]

Ruotsinpyhtää shahrida tug'ilgan odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Karl Aksel Gottlund (1796-1875)
  • Gustaf Mikels (1879-1949)
  • Henrik Kullberg (1891-1953)
  • Silvi Siltanen (1909-1986)
  • Pamela Tola (1981–)
  • Toni Lindberg (1985–)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Virjiniya va Forselles

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ruotsinpyhtää – Strömfors[sayt ishlamaydi]
  2. Ruotsinpyhtää – Strömfors[sayt ishlamaydi]
  3. „Kulttuuriympäristö.nba.fi (in Finnish)“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.