Ruhiy hayajon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruhiy hayajon — shaxsning oʻz harakatlari ahamiyatini tushunish yoki ularni boshqarish qobiliyatini pasaytiradigan holati; jinoyat huquqida jabrlanuvchining noqonuniy harakatlariga sabab boʻlgan qattiq ruhiy hayajonlanish yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Hayajonlanish holati qator oʻziga xos belgilarga ega. Mazkur alomatlar faqat mutaxassislar tomonidangina aniqlanishi lozim. Shu bois, aybdor shaxsga berilgan psixologik ekspertiza xulosasi ishga oid isbotlar bilan birga sud tomonidan inobatga olinadi (yana qarang Affekt).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil