Affekt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Affekt (lot. aftectus – ruhiy hayajon, ehtiros) – turli tashqi yoki ichki ta’sirlar asosida tez paydo bo‘lib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda "port-lash" tarzida bo‘ladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qo‘rqinch, dahshat, g‘azab va boshqalar). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. A. holatida ichki organlar faoliyati o‘zgaradi, keskin ifodali holatlar paydo bo‘ladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yo‘qoladi. A. fiziologik ham, patologik ham bo‘lishi mumkin. Fiziologik A.da kishi o‘z xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik A. ko‘proq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Ba’zan ruhiy sog‘lom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik A.da barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat qilinmaydi. Odamda A. fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bog‘liq omillar tufayli emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh.k. holatlarda. Ba’zan A. biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi na-tijasida ham sodir bo‘ladi. Bundam vaziyatlarda A. akkumulyatsiyasi holati ro‘y beradi, uning natijasida A. kuchli, boshqarib bo‘lmaydigan xulqlarajasiga ko‘garilishi mumkin (affektiv port-lash).A.ni o‘rganish sud-psixiatrik hamda sud-psixologik ekspertiza amaliyotida jinoiy xatti-harakatlarning asl sa-babini aniqlashda zaruriy shartlardan biri bo‘lib, adolatli hukm chiqarishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil