Rubellit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rubellit
Asosiy
Formulasi Na(Li,Al)3Al6[(OH)4|(BO3)Si6O18]
Guruh Turmalin
Fizik xususiyatlari
Rangi Pushti, qizil, binafsharang
Shaffoflik Shishasimon
Qattiqlik 7-7,5
Zichligi 2,90—3,26 g/sm³ g/sm³
singoniyasi Trigonal
Rubellit Vikiomborda

Rubellit turmalinning qizil yoki pushti navi. Rubellit turmalin oilasidagi eng noyob javohirdir[1]. Koʻpchilik uni yoqut bilan adashtiradi[2][3].

Rubellit qazib olinishi mumkin boʻlgan mamlakatlar orasida Afgʻoniston, Braziliya, Madagaskar, Myanma, Nigeriya, Rossiya va AQSh kiradi[3].

Ism[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubellit lotincha rubellus soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "qizil" degan maʼnoni anglatadi[1]. Rubellit soʻzi birinchi marta 1794-yilda qoʻllanilgan.

Shuningdek, javohir afrit, apirit, rubelit yoki rubilit deb ham ataladi[4].

Qiymat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rubellit - turmalin guruhidagi eng qimmat javohirdir[5]. Qizil rangdagi namunalar ayniqsa yuqori baholanadi[2][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Oldershaw, Cally. Firefly Guide to Gems (inglizcha). Firefly Books, 2003 — 132 bet. ISBN 978-1-55297-814-6. 
  2. 2,0 2,1 Grande, Lance. Gems and Gemstones: Timeless Natural Beauty of the Mineral World (inglizcha). University of Chicago Press, 15-noyabr 2009-yil — 147 bet. ISBN 978-0-226-30511-0. 
  3. 3,0 3,1 „Rubellite Tourmaline Value, Price, and Jewelry Information“ (inglizcha). International Gem Society. Qaraldi: 1-oktabr 2021-yil.
  4. Rubellite, Mindat.org
  5. Federman, David. Modern Jeweler's Consumer Guide to Colored Gemstones (inglizcha). Springer Science+Business Media, 6-dekabr 2012-yil — 163 bet. ISBN 978-1-4684-6488-7. 
  6. „Rubellite gemstone information“. gemdat.org. Qaraldi: 1-oktabr 2021-yil.