Kontent qismiga oʻtish

Rotatsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rotatsizm— R tovushini nutqqa qoʻya olmaslik yoki notoʻgʻri talaffuz etilishi, r tovushini nutqda boshqa tovushlarga almashtirish pararotatsizm deyiladi va bu dislaliya nutq nuqsoni tarkibiga kiradi.

R tovushi artikulatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lab undoshidan keyin keladigan unli tovushlar holatini oladi, til uchi alveolalar tomon koʻtarila, natijada biroz chuqurcha paydo boʻladi. Shu chuqurchadan chiqqan havo oqimi til uchini titratib oʻtadi va titroq tovush hosil boʻladi. Ovoz paychalari jipslashib titraydi va chiqayotgan havo oqimi kuchli boʻadi.

Rotatsizmning turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Velyar rotatsizm(grekcha velum–yumshoq tanglay)ning pastki chetiga yaqinlashadi va u yerda oraliq(tirqish) hosil boʻladi. Shu oraliqdan oʻtayotgan havo oqimi yumshoq tanglayda tartibsiz titrash(vibratsiya) hosil qiladi. Natijada ovozga qoʻshilib shovqin chiqadi.

2.Uvilyar rotatsizm(grekcha uvula-tilcha)bunda til uchi tebranishi oʻrniga, faqat tilcha tebranadi.

3.Kucherskiy rotatsizm— bunda til uchi tebranmay, lablar jipslashib tebranadi.

4.Yon rotatsizm— bunda til uchi tebranishi oʻrniga tilning yon tomoni tebranadi, natijada noaniq r tovushi hosil boʻladi.

Amaliyotda paroratatsizm quyidagi turlari uchraydi yaʼni quyidagicha tovushlar bilan almashtiriladi: r ni lga, r ni y(j) ga, r ni ya ga. Rotatsizmning anatomik kamchiliklardan til yuganchasining kaltaligi, tanglayning tor, baland boʻlishi, tilning haddan tashqari ingichkaligi sabab boʻladi.

Rotatsizmni tuzatish[tahrir | manbasini tahrirlash]

R tovushini toʻgʻri artikulyasiyani toʻgʻri hosil qilish uchun koʻpincha oldin tayyorlov mashqlaridan foydalaniladi. Ular ikki turga ajratiladi: tilni kerakli toʻgʻri holda ushlab turishga qaratilgan mashqlar va tilda tebranish hosil qilishga qaratilgan mashqlar. Logoped R tovushini hosil qilishda quyidagi usullardan foydalanadi

1-usul Logoped oyna oldiga oʻtirgan bolaga ogʻzini katta ochishni va til uchini yuqori tish alveolalari tomon koʻtarib z tovushini aytishni taklif etadi va logoped maxsus zond yoki barmoq yordamida til yuganchasini tebratib vibratsiya orqali r tovushini chiqaradi. Soʻngra maxsusu mexanik vositalar yordamida vujudga kelgan r tovushini ochiq, yopiq boʻgʻinlarda, soʻz, jumlalar orqali maʼlum vaqt davomida mustahkamlab boradi[1].

2-usul Logoped r tovushini hosil qilish uchun yuqoridagi usulni qoʻllagan holda j tovushini ayttiradi va bunda ham mexanik vositalardan foydalaniladi

3-usul Logoped bolaga bir nafas chiqarib d tovushini baland ovozda aytishni taklif etadi. Talaffuz vaqtida bolaning oʻzi tilining uchi yuqori tish orqa alveolalariga tegib turishini oyna orqali kuzatib turishi kerak. Til uchining urilish tezligi tezlashtiriladi va til uchining tebranish holati har xil dddd vaznda boʻladi. Har xil vaznda chiqqan tovush ochiq va yopiq boʻgʻinlarda talaffuz ettirish yordamida mashq qildiriladi[2].

Didda adddd adddd

Dddd dddd oddddo

Ddddu udddd udddddu

Ddddoʻ oʻdddd oʻddddoʻ

Til uchiga vibratsiya orqali r tovushi hosil qilingach, u boʻgʻin, soʻz, sheʼrlarni ayttirish bilan mustahkamlanadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://obuchalka.org/2014101480087/logopediya-uchebnik-dlya-vuzov-volkova-l-s.html
  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Rhotacism

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ayupova, Mukaram. {{{title}}}. Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007-yil — 106-117 bet. ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 4 1 - 7. 2-iyun 2024-yilda qaraldi. 
  2. Catford (2001:178)