Kontent qismiga oʻtish

Dislaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dislaliya termini grekcha so'zdan olingan bo'iib, (dis — buzilish, lalia - nutq) degan ma'noni anglatadi.

Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilikdir.

Hozirgi davrda "dislaliya" termini xalqaro xarakterga ega bo‘ldi (uning mazmuni hamda u aniqlagan buzilish turlari doimo mos kelmasa ham). Bu kelishmovchilik buzilishlarni aniqlashda tadqiqotchilarning qanday ta'riflashni asos qilib olishiga bog'liq: anatomo-fiziologik, psixologik yoki lingvistik. Klinik mezonlarni odat bo'yicha ta'rifiashda dislaliya turlarini turli talaffuz buzilishlari ko'pincha qator qo'yilgan deb ko'riladi. Psixologik va lingvistik mezonlar asosiga qo'yilgan dislaliya tushunchasiga, goh uning turli forma va turlari, goh fonetik va fonetiko-fonematik talaffuz buzilishlari kiritiladi (masalan, R.Ye Levina ishlarida).

Noto'g'ri talaffuz nutq kamchiligi haqidagi birinchi ma'lumotlar qadimgi grekolimlari Plutarx, Gippokrat, Kladiya, Galen vaboshqalaming ishlarida bayon qilindi. Yuqoridagi m ualliflar noto‘g‘ri talaffuzni davolashni talab qiluvchi kasallik deb qaraydilar. Ularning fikricha, tovushlami noto‘g‘ri talaffuz qilish til, lab, qattiq va yumshoq tanglayning zararlanishi bilan bog‘liq deb ko'rsatadilar.

Mexanik dislaliya va uning sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mexanik (organik) dislaliya periferik nutq apparatning (til, jag‘ , tanglay, tish) oiganik buzilishi natijasidir.

Til tagidagi etning (yugancha) kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo'ladi. Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo'lishi tilning yuqori tomon ko'tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari, tilning haddan tashqari katta bo'lishi yoki haddan tashqari kichik va torbo‘lishi ham dislaliyaga olib keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri artikulatsiya qiyinlashadi.

Jag‘ tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklaiga olib keladi. Nonormal prikuslar bir necha xil ko'rinishda bo‘lishi mumkin.

Prognatiya ― yuqori jag‘ oldinga tomon chiqqan bo'ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar bilan biriashmaydi.

Progeniya ― pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘ladi.

Ochiq prikus ― yuqori va pastki jag'lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi. Ayrim hollarda bu oraliq faqat oldingi tishlar orasida bo‘ladi (oldingi ochiq prikus).

Yoni ochiq prikus ― o‘ng tomonli, chap tomonli va ikki tomonli bo'Iishi mumkin.

Tishlarning (tish qatorining) ― noto'gri tuzilishi ham dislaliyaga sabab bo'lishi mumkin. Tishlar va jag'dagi kamchiliklami bartaraf etish shifokor stomatolog tomonidan olib boriladi.

Tanglayning noto‘g‘ri tuzilishi ― tovushlarning to'g'ri talaffuziga xalaqit beradi tor, baland yoki past, yassi tanglay ko'pchilik tovushlaming to‘g‘ri artikulatsiyasiga imkon bermaydi.

Lablarining qalinligi ― ingichka va kam harakatchanligi ham lab va lab-tish lovushlarini aniq talaffuziga xalaqit beradi.

Funksional dislaliya va uning sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Funksional dislaliyada perifcrik nutq apparatining artikulatsion qismida hech qanday organik buzilishlar, kamchiliklar kuzatilmaydi.

Funksional dislaliyaning keng tarqalgan sabablaridan biri oiladan nutqini noto'g'ri shakllantirishdir. Ayrim oilalarda kattalar bola nutqiga taqlid qiladilar. Bolani suyib u bilan "bola tilida" so'zlashadilar Buning natijasida bolada tovushlarning to'g'ri talaffuzi kech rivojlanadi. Dislaliya holalarda taqlid asosida ham yuzaga kelishi mumkin. Tovushlartalaffuzi hali yetarli, to'g'ri shakllanmagan kichik yoshdagi bolalar bilan, tili chuchuk yoki noaniq, tez shoshib gapiradigan kishilar bilan doimo muloqotda bo'lishi bola nutqiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha hola oilada tovushlarni noto'g'ri talafTuz etuvchi kishi nutqiga taqlid etadi. Bu esa funksional dislaliyaga sabab bo'ladi.

Oiladagi ikki tillilik, pedagogik qarovsizlik ham funksional dislaliyaga sabab bo'ladi. Bunda tovushlaiga e'tibor bermaslik, boladagi kamchiliklami to‘g‘irlamaslik, to‘g‘ri va aniq talaffuz namunalarini bermaslik hollari ko'zda tutiladi.

Dislaliya artikulatsion apparat a'zolarining (til, lab, pastki jag‘) harakatchanligidagi kamchiliklar natijasida ham sodir bo'ladi. Bu hol bolaning tilni kerakli holatda ushlab tura olmasligi yoki bir harakatdan ikkinchi harakatga tez o‘ta olmasligida namoyon bo'ladi.

Dislaliya funksional eshituvning pasayishi natijasida ham paydo bo`lishi mumkin.

Dislaliyani bartaraf etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talaffuz buzilishlarni bartaraf etish uchun logopedik ta’sir lozim. Logopedik ta'sirning asosiy maqsadi, nutq tovushlarini to‘g‘ri shakllantirishdir. Nutq tovushlarini to‘g‘ri tiklash uchun bola quyidagilarni bilishi lozim: nutq tovushlarini bilishi va ularni idrokida aralashtirib yuborishi kerak emas /bir tovushni ikkinchisidan akustik belgisi bo'yicha ajrata bilishi/; normal talaffuz qilingan tovushdan noto‘g‘ri talafTuz qilingan tovushni ajrata bilishi; o‘zi taiafTuz qilgan tovushni eshitib nazorat qila bilishi va sifatini baholashi; tovushni normal /effektini/ akustik effektini hosil qiluvchi artikulatsion holatni bajara olishi; nutqning hamma turlarida tovushlardan o'rinli foydalanishi lozim.

Logoped bolani to‘g‘ri talafiuzga o‘rgatishi uchun nihoyatda samarali yo‘l topishi lozim.

To‘g‘ri tashkil qilingan logopedik ish dislaliyaning boshqa turlarida ham samarali natijaga erishadi. Mexanik dislaliyaning bir qancha hollarida logopediya va tibbiyotning birgalikda yondashishi natijasida samarali muvaffaqiyatlarga erishiladi.

Logopedik ta'sirning muvaffaqiyatli shart-sharoitlari talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yaxshi sharoitlar yaratib beradi:

logopedning bola bilan emotsional kontakti; mashg'ulotlarni qiziqarli shaklda tashkil qilish va charchashga yo‘l qo'ymaydigan ish tizimida olib borish.

Logopedik mashg'ulotlar haftasiga uch marta muntazam ravishda o'tkaziladi. Ota-onalar bilan birgalikda uy sharoitida ham mashg'ulotlar o‘tkazilishi lozim (logoped topshiriqlari asosida). Mashg‘ulotlarni har kuni (kuniga 2—3 marta) 5—15 minutdan o‘tkazish lozim.

TalafTuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun didaktik materiallardan keng foydalaniladi.

TalafTuzdagi kamchiliklarni bartaraf etish muddati bir qancha faktorlarga bog'liq: nuqsonning murakkablik darajasiga, bolaning yosh va individual xususiyatiga, mashg‘ulotning muntazamligiga, ota-onalar tomonidan beriladigan yordamga. Oddiy dislaliyada mashg'ulotlar bir oydan uch oygacha, murakkab dislaliyada esa uch oydan olti oygacha o'tkaziladi. Maktab yoshidagi bolalarga qaraganda, bog'cha yoshidagi bolalartalafTuzidagi nuqsonlar qisqa muddat ichida bartaraf etiladi, katta maktab yoshidagi bolalarga qaraganda esa kichik maktab yoshidagi bolalarda tezroq bartaraf etiladi.