Romesko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Romesko (ispancha: romesco) — pomidor asosidagi sous, uning vatani Kataloniyaning Tarragona provinsiyasi (Ispaniya). Mahalliy baliqchilar birinchi marta sousni baliq va dengiz mahsulotlari uchun ishlata boshlagan, deb hisoblanadi. Romesko goʻshtdan tortib sabzavotgacha, pishirilgan kartoshka boʻlaklari va qaynatilgan tuxumgacha(va hatto, gamburger[1]) boʻlgan boshqa taomlar bilan ham yaxshi ketadi. Oddiy sous sifatida ham, dip sifatida ham foydalanish mumkin.

Romeskoni baʼzan Tarragonada keng tarqalgan koʻkpiyozli salsa turidagi souslar bilan adashtirishadi.

Sanoatda ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romesko anʼanaga koʻra uyda tayyorlanadi. Biroq, Ispaniyada sanoat miqyosida ham ishlab chiqariladi va uni supermarketlardan sotib olish mumkin, ammo, aytishlaricha, taʼmi anʼanaviy sousnikiga yetmaydi[2]. Romesko xalqaro onlayn platformalarda ham mavjud. Oʻzbekistonning yirik savdo doʻkonlarida uchramaydi.

Masalliqlari va tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romeskoning asosini pomidor va sarimsoq tashkil qiladi[3]. Sous shuningdek, piyoz, bodom (va/yoki boshqa yongʻoqlar), shirin va achchiq qalampir (qovurib konservalangan shirin qalampir koʻp ishlatiladi), zaytun yoki kungaboqar yogʻi va qizil vino sirkasini oʻz ichiga oladi[4]. Quyuqroq chiqishi uchun sousga oq non etini qoʻshish tavsiya etiladi[5] (ammo, bunaqada saqlash muddati kamayadi[6]). Baʼzan arpabodiyon yoki yalpiz bargi ham qoʻshiladi.

Pomidor, sarimsoq va shirin qalampir qovuriladi yoki toblab pishiriladi (tandirda yoki grilda), shundan soʻng archiladi (qalampir urugʻi oldinroq olinmagan boʻlsa, olib tashlanadi). Yongʻoqlar qovuriladi va koʻpincha, darhol tozalanadi va eziladi. Yakuniy bosqichda barcha masalliqlar, shu jumladan, avvalroq namlab qoʻyilgan oq non ham aralashtiriladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бургер из барашка с фетой и соусом ромеско | Бургеры Recipes | Грили Weber“ (ru). www.weber.com. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  2. „Salsa romesco/соус ромеско“ (ru). Поварёнок. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  3. Melissa. „Authentic Romesco Sauce Recipe“ (en). Cilantro and Citronella (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  4. „Испанский соус ромеско. Рецепт“ (ru). Еда.ру. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  5. „Соус Ромеско, пошаговый рецепт с фото“. www.gastronom.ru/. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  6. Василий Емельяненко. „Фантастический соус к вашему столу. Испанский Ромеско для мяса.“. youtube.com.