Rolando Fonseca
|
Fonseca "Alajuelense" klubida 2006-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Rolando Fonseca Jiménez | ||
| Tavallud sanasi | 6-iyun 1974-yil | ||
| Tavallud joyi | San José, Kosta Rika | ||
| Boʻyi | 1.72 m | ||
| Ampluasi | hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Saprissa | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989—1995 | Saprissa | 28 | (33) |
| 1996 | Pachuca | 27 | (9) |
| 1996 | Independiente Medellín | 12 | (7) |
| 1997 | América de Cali | 22 | (0) |
| 1997 | Alajuelense | 11 | (2) |
| 1998—2000 | Comunicaciones | 40 | (44) |
| 2000—2001 | Saprissa | 34 | (18) |
| 2001—2002 | La Piedad | 12 | (5) |
| 2002—2007 | Alajuelense | 117 | (61) |
| 2003 | → Comunicaciones (ijara) | 23 | (10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1992—2011 |
Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi | 113 | (47) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Rolando Fonseca Jiménez (talaffuzi: Rolando Fonseka Ximenez) (1974-yil 6-iyunida tugʻilgan) — Kosta-Rikalik sobiq professional futbolchi.
Rolando Fonseca El Principito (Kichik shahzoda) va El Rolo[1] laqablari bilan tanilgan. Rolando Fonseca hujumchi sifatida oʻynagan[2].
Rolando Fonseca Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi[3].
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rolando Fonseca Gvatemaladagi "Comunicaciones", "Independiente Medellín" va Kolumbiyadagi "América de Cali", Meksikaning "Pachuca" va "La Piedad" , "Saprissa", "Alajuelense" va "Municipal Liberia" futbol klublari safida oʻynagan.
Rolando Fonseca Kosta-Rikadagi liganing eng yaxshi ikki jamoasi "Saprissa" va "Alajuelense" futbol klublarida jami 271 oʻyin oʻtkazib, 100 dan ortiq gol urgan. Rolando Fonsecaning „Deportivo Saprissa“ futbol klubi safidagi ilk oʻyini 1991-yil 1-iyun kuni "ASODELI" futbol klubiga qarshi uchrashuvda boʻlib oʻtgan[4]. Shuningdek, Rolando Fonseca 1993—1994, 1994—1995 „Saprissa“ futbol klubi va 1996—1997, 2001—2002, 2002—2003 va 2004—2005-yillarda „Alajuelense“ futbol klubi safida Kosta-Rika chempionligini qoʻlga kiritgan. Kosta-Rikadan tashqari Rolando Fonseca 1998, 1999, 2000, 2002, 2008 va 2010-yillarda "Comunicaciones" va 1997-yilda "América de Cali" futbol klublari bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan.
„Alajuelense“ futbol klubi va Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi bilan yaxshi oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Rolando Fonseca 2007-yilda Xitoy, Chili, Turkiya davlatlaridagi ligalardan takliflar oldi. Ammo, yakunda Rolando Fonseca „Munitcipal Liberia“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[5].
„Munitcipal Liberia“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Fonseca „Comunicaciones“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Rolando Fonseca 2011-yil yanvar oyida oʻzining futbolchilik faoliyatini yakunladi. Biroq oradan bir yil-u yetti oy oʻtib, 2012-yil 19-avgustda „ Asociación Deportiva Carmelita“ futbol klubi safiga qoʻshilish orqali professional futbolga qaytdi[6]. „Carmelita“ futbol klubi bilan uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Rolando Fonseca 2012-yil sentyabr oyida klubni tark etdi[7].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rolando Fonseca 1992-yildan beri Kosta Rika milliy futbol terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U 100 dan ortiq xalqaro oʻyinlarda jamoa safida maydonga tushgan. Rolando Fonseca xalqaro oʻyinlarda 47 gol urishga muvaffaq boʻlgan. Bu natija bilan u mamlakatning terma jamoadagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan[3].
Xalqaro oʻyinlardagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Raqam | Sana | Joy | Raqib | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1993-yil 9-mart | Gonduras | 2-0 | 1993-yilgi UNCAF kubogi | |
| 2 | 1993-yil 31-mart | Medellín, Kolumbiya | 1-3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 3 | 1993-yil 23-iyun | San José, Kosta Rika | 3-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 4 | 1995-yil 1-dekabr | San Salvador, El Salvador | 2-1 | 1995-yilgi UNCAF kubogi | |
| 5 | 1995-yil 7-dekabr | San Salvador, El Salvador | 1-1 | 1995-yilgi UNCAF kubogi | |
| 6 | 1995-yil 10-dekabr | San Salvador, El Salvador | 1-2 | 1995-yilgi UNCAF kubogi | |
| 7 | 1997-yil 23-aprel | Guatemala City, Guatemala | 4-0 | 1997-yilgi UNCAF kubogi | |
| 8 | |||||
| 9 | |||||
| 10 | 1997-yil 27-aprel | Guatemala City, Guatemala | 1-1 | 1997-yilgi UNCAF kubogi | |
| 11 | 1999-yil 24-fevral | San José, Kosta Rika | 9-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 12 | |||||
| 13 | 1999-yil 17-mart | San José, Kosta Rika | 7-0 | 1999-yilgi UNCAF kubogi | |
| 14 | |||||
| 15 | 1999-yil 24-mart | San José, Kosta Rika | 1-0 | 1999-yilgi UNCAF kubogi | |
| 16 | 1999-yil 26-mart | San José, Kosta Rika | 1-2 | 1999-yilgi UNCAF kubogi | |
| 17 | 1999-yil 28-mart | San José, Kosta Rika | 4-0 | 1999-yilgi UNCAF kubogi | |
| 18 | 1999-yil 18-avgust | Montevideo, Urugvay | 4-5 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 19 | 2000-yil 1-iyul | San José, Kosta Rika | 5-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 20 | |||||
| 21 | |||||
| 22 | 2000-yil 23-iyul | San José, Kosta Rika | 2-1 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 23 | 2000-yil 3-sentyabr | San José, Kosta Rika | 3-0 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 24 | 2000-yil 15-noyabr | Mazatenango, Guatemala | 1-2 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 25 | 2001-yil 6-yanvar | Miami, AQSH | 5-2 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 26 | |||||
| 27 | 2001-yil 23-fevral | San José, Kosta Rika | 2-2 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 28 | 2001-yil 19-aprel | Alajuela, Kosta Rika | 2-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 29 | 2001-yil 23-may | San Pedro Sula, Gonduras | 4-0 | 2001-yilgi UNCAF kubogi | |
| 30 | |||||
| 31 | |||||
| 32 | 2001-yil 16-iyun | Mexiko DF, Mexiko | 2-1 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 33 | 2001-yil 1-iyul | Tegucigalpa, Gonduras | 3-2 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 34 | 2001-yil 19-iyul | Medellín, Kolumbiya | 4-0 | 2001 Copa Amérika | |
| 35 | 2001-yil 5-sentyabr | San José, Kosta Rika | 2-0 | 2002-yilgi Jahon kubogi saralash oʻyinlari | |
| 36 | |||||
| 37 | 2002-yil 17-yanvar | Miami, AQSH | 2-0 | 2002-yilgi CONCACAF oltin kubogi | |
| 38 | 2002-yil 19-yanvar | Miami, AQSH | 1-1 | 2002-yilgi CONCACAF oltin kubogi | |
| 39 | 2003-yil 8-iyun | San José, Kosta Rika | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 40 | 2003-yil 26-iyul | Miami, AQSH | 2-3 | 2003-yilgi CONCACAF oltin kubogi | |
| 41 | |||||
| 42 | 2004-yil 9-oktyabr | San José, Kosta Rika | 5-0 | 2006-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | |
| 43 | 2007-yil 4-fevral | Alajuela, Kosta Rika | 4-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 44 | 2007-yil 9-fevral | San Salvador, El Salvador | 3-1 | 2007-yilgi UNCAF kubogi | |
| 45 | |||||
| 46 | 2007-yil 16-fevral | San Salvador, El Salvador | 2-0 | 2007-yilgi UNCAF kubogi | |
| 47 | 2007-yil 28-mart | Talca, Chili | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mamlakatlar boʻyicha eng yaxshi xalqaro erkaklar futbol toʻpurarlari roʻyxati
- 100 yoki undan ortiq xalqaro oʻyinda qatnashgan erkak futbolchilari roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Calvo, Rodrigo. „Rolo llegó a los 20 títulos y superó los 360 goles“. La Nación, 7 January 2009. Retrieved on 26 May 2013.
- ↑ World Soccer. „Rolando Fonseca World Cup Profile“ (Wayback Machine saytida 2008-09-05 sanasida arxivlangan). CNNSI.com, 12 March 2002. Retrieved on 26 May 2013.
- ↑ 3,0 3,1 Passo Alpuin, Luis Fernando. „Rolando Fonseca Jiménez — Century of International Appearances“. RSSSF, 6 April 2011. Retrieved on 26 May 2013.
- ↑ Calvo, Rodrigo. „El Buzón de Rodrigo“. La Nación, 16 April 2001. Retrieved on 26 May 2001.
- ↑ Rivera, Arnoldo. „Rolando Fonseca confirma su incorporación a Liberia“. La Nación, 26 June 2007. Retrieved on 26 May 2013.
- ↑ Aguilar Arroyo, Yensy. „Rolando Fonseca entrenará mañana con Carmelita“. Al Día, 19 August 2012. Retrieved on 26 May 2013.
- ↑ Umaña, Johan. „Carmelita evalúa dar de baja a Rolando Fonseca“ (Wayback Machine saytida 2012-09-27 sanasida arxivlangan). La Nación", 24 September 2012. Retrieved on 26 May 2013.
