Kontent qismiga oʻtish

Roberto Bellarosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roberto Bellarosa

Bellarosa 2013-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 23-avgust 1994-yil (1994-08-23) (30 yosh)
Fuqaroligi Belgiya
Leybl Sony Music Entertainment
Janr Pop
Faoliyat yillari 2012–hozirgacha
Veb-sayt http://www.robertobellarosa.be/

Roberto Bellarosa (1994-yil 23-avgustda tugʻilgan) – belgiyalik qoʻshiqchi. Bellarosa „The Voice Belgique“ tanlovining birinchi gʻolibi sifatida shuhrat qozondi. Shuningdek, u 2013-yilgi Eurovision qo‘shiq tanlovida Belgiya sharafini himoya qilib, 71 ball bilan 12-oʻrinni egalladi.

Roberto Bellarosa 1994-yil 23-avgustda Belgiyaning Wanze shahrida, kelib chiqishi Italiyaning Apulia hududining janubiy mintaqasidagi Vico del Gargano qishlogʻidan boʻlgan futbolchilar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida uning ota-onasi Huy shahridagi musiqa maktabiga olib borishgan. Xor darslari paytida oʻqituvchisi uning ovozini eshitgandan soʻng ota-onasiga yosh Bellarosani qoʻshimcha qoʻshiq darslariga ham qoʻyishni maslahat bergan.

2011–12: The Voice Belgique

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Bellarosa Jon de Mol tomonidan olib boriladigan „The Voice“ tanlovining Valloniya versiyasida („The Voice Belgique“) ishtirok etgan.

Onlayn ariza topshirgandan soʻng, Bellarosa kastingda qatnashgan va u yerda James Morrisonning „You Give Me Something“ qoʻshigʻini kuylagan. Hakamlar hisoblangan Quentin Mosimann, Lio, Joshua va Beverly Jo Scottlarning barchasi stullarini unga oʻgirib, Bellarosa oxir-oqibat yordamchi murabbiy Tara McDonald bilan Quentin Mosimann jamoasiga qoʻshilishiga qaror qilishgan[1][2].

2012-yil 10-aprelda, 16 haftalik musobaqadan soʻng, Bellarosa Sony Music leybli bilan shartnoma tuzib, muxlislarning 57% ovozlarini qoʻlga kiritib, gʻolib deb topilgan[3].

„The Voice Belgique“ loyihasida ijro etilgan qoʻshiqlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bosqich Sana Qoʻshiq Qoʻshiq egasi Izoh
Muxlislar bahosi 3-yanvar 2012-yil „You Give Me Something“ James Morrison
Duel 31-yanvar 2012-yil „Même Si“ Grégory Lemarchal & Lucie Silvas Daniela Sindacoga qarshi duelda gʻalaba qozongan
Jonli ijro 28-fevral 2012-yil „Apologize“ OneRepublic
Jonli ijro 13-mart 2012-yil „Wicked Game“ Chris Isaak
Jonli ijro 27-mart 2012-yil „Le blues du businessman“ Claude Dubois
Jonli ijro 3-aprel 2012-yil „Just the Two of Us“ Bill Withers Leonie Wʼasukulu bilan duet ijro etgan
„As“ Stevie Wonder
Jonli ijro 10-aprel 2012-yil „Firework“ Katy Perry Renato Bennardo, Giusy Piccarreta va Daisy Hermans bilan duet
„You Give Me Something“ James Morrison
„Vivre pour le meilleur“ Johnny Hallyday
„Jealous Guy“ John Lennon Gʻolib boʻlgan

2012-13: „Ma voie“ albomi va Eurovision qoʻshiq tanlovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Bellarosa Belgiya boʻylab 11 nafar boshqa ishtirokchilar bilan birga „The Voice Belgique“ nomli jonli gastrol safarida ishtirok etgan. 2012-yil 6-iyulda Bellarosa oʻzining „The Voice Belgique“ loyihasidagi murabbiyi Quentin Mosimann va yordamchi murabbiyi Tara McDonald bilan birgalikda ishlab oʻzining birinchi „Je Crois“ singlini chiqargan. Uning birinchi albomi „Ma voie“ 2012-yil 21-sentyabrda, ikkinchi singli „Apprends-moi“ esa 2012-yil 26-oktyabrda chiqqan.

2012-yil 16-noyabrda „Radio Télévision Belge Francophone“ (RTBF) tomonidan Bellarosa Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtadigan Eurovision 2013 qoʻshiq tanlovida Belgiya sharafini „Love Kills“ qoʻshigʻi bilan himoya qilishi eʼlon qilingan[4]. U tanlov finaliga chiqqan va yakunda 12-oʻrinni egallagan[5].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Albom maʼlumotlari Chartlarda egallagan oʻrinlari
BEL
(WAL)

[6]
Ma voie
  • Chiqarilgan sanasi: 21-sentyabr 2012-yil
  • Leybl: Sony Music Entertainment
  • Format: Raqamli yuklash, CD
11
Suis ta route
  • Chiqarilgan sanasi: 2015-yil
Yil Singl Chartlarda egallagan oʻrinlari Albom
BEL
(VL)

[7]
BEL
(WAL)

[6]
GER
[8]
NL
[9]
2012-yil „Jealous Guy“  – 4  – Ma Voie
„Je Crois“  – 37  –
„Apprends-moi“  –  –  –
2013-yil „Love Kills“ 15 6 90 71 TBA
2021-yil „Le Remede“ TBA
„–“ chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Boshqa qoʻshiqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Qoʻshiq Chartlarda egallagan oʻrinlari Albom
BEL
(WAL)

[6]
2012 „Apologize“ 3 The Voice Belgique Live Show 1
  1. [1] (Wayback Machine saytida 8 March 2012 sanasida arxivlangan)
  2. „Résumé LIVE The Voice => The Voice Belgique : Blind auditions 3 => De bons talents, Lio plutôt gourmande... par L'INFOnet de la Real Tv“. Linfonetrealtv.free.fr (2012-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
  3. „Roberto Bellarosa remporte la finale de "The Voice Belgique" – Belga Generique – Le Vif“. LeVif.be (2012-yil 13-noyabr). 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
  4. Storvik-Green, Simon „Roberto Bellarosa to Malmö for Belgium“. European Broadcasting Union (2012-yil 16-noyabr).
  5. Gripper, Ann „Who are Eurovision Song Contest 2013 winners? Full results table“. Daily Mirror (2013-yil 19-may). Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Roberto Bellarosa > Belgium (Wallonia) Charts“. ultratop.be/fr/ Hung Medien.
  7. „Roberto Bellarosa > Belgium (Flanders) Charts“. ultratop.be/nl/ Hung Medien.
  8. „Roberto Bellarosa > German Charts“. charts.de/ Hung Medien. 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Roberto Bellarosa > Dutch Charts“. dutchcharts.nl/ Hung Medien.
Mukofotlar va yutuqlar
Oʻtmishdoshi:
N/A
The Voice Belgique gʻolib
2011-12-yillar
Vorisi:
David Madi
Oʻtmishdoshi:
Iris
„Would You?“ qoʻshigʻi bilan
Belgiya Eurovision qo‘shiq tanlovida
2013-yil
Vorisi:
Axel Hirsoux
„Mother“ qoʻshigʻi bilan