Kontent qismiga oʻtish

Chris Isaak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chris Isaak
Isaak, 2014-yil
Isaak, 2014-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Christopher Joseph Isaak
1956-yil 26-iyun (1956-06-26) (69 yosh)
Janrlar
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • qoʻshiqnavis
  • gitarist
  • aktyor
Faoliyat yillari 1978–hozirgi kungacha
Leybllar
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt chrisisaak.com

Christopher Joseph Isaak (1956-yil 26-iyunda tugʻilgan)[2][3] – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, gitarachi va aktyor. Oʻzining reverbli revivalistik uslubi va keng vokal diapazoni bilan ajralib turadi. Uning ijodida katta yutuq boʻlgan „Wicked Game“ nomli qoʻshigʻi, shuningdek, xalqaro miqyosda tanilgan „Blue Hotel“, „Baby Did a Bad Bad Thing“ va „Somebody's Crying“ kabi qoʻshiqlari bilan mashhurdir.

Qirq yilni oʻz ichiga qamrab olgan ijodiy faoliyati davomida Isaak jami 13 ta studiyaviy albom chiqargan, oʻzining Silvertone guruhi bilan keng miqyosda gastrollarda boʻlgan va koʻplab mukofotlarga nomzod boʻlgan. Uning musiqiy uslubi va imidji koʻpincha Roy Orbison, Elvis Presley, Ricky Nelson va Duane Eddy bilan qiyoslanadi[4].

Isaak film rejissyori David Lynch bilan yaqin aloqada boʻlgan. Chris Isaakning musiqalari rejissyorning bir necha filmlarda ishlatilgan. U aktyor sifatida „Married to the Mob“, „The Silence of the Lambs“, „Little Buddha“, „That Thing You Do!“ va Lynchning „Twin Peaks: Fire Walk with Me“ kabi filmlarda ikkinchi darajali va kichik epizodlarda rol oʻynagan. Shuningdek, u „The Chris Isaak Show“ nomli sitkomi va „The Chris Isaak Hour“ nomli tok-shousi kabi bir nechta telekoʻrsatuvlarda bosh rolni ijro etgan.

Yoshligi va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isaak Kaliforniyaning Stockton shahrida tugʻilgan. Onasi Dorothy (qizlik familiyasi Vinyolo, 1931―2021) va otasi Joseph "Jo" Isaak (1929-2012), koʻtargich haydovchisi boʻlib, ular mos ravishda italiyalik va nemis millatiga mansub edilar.

Isaak Stocktondagi Amos Alonzo Stagg oʻrta maktabida oʻqigan va uch yil davomida sinf prezidenti, oliy sinfning talabalar ittifoqi prezidenti, erkaklar cheer-jamoasi yetakchisi va 1974-yil sinfining eng yaxshi bitiruvchisi (valedictorian) boʻlgan.

Keyinchalik u mahalliy San Xoakin Delta jamoat kollejiga oʻqishga kirgan va soʻngra Tinch okeani universitetiga koʻchib oʻtgan. U 1981-yilda ingliz tili va kommunikatsiya san'ati boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, u yapon almashinuv dasturida ham ishtirok etgan.

Universitetni tugatgandan soʻng, Isaak oʻzining birinchi guruhi Silvertoneni tashkil qiladi. Bu revivalistik uslubidagi guruh boʻlib, uning tarkibiga James Calvin Wilsey (gitara), Jamie Ayres (bass), and John Silvers (baraban) kirgan. Keyinchalik Ayres va Silvers oʻrnini Rowland Salley (bas) va Kenney Dale Johnson (baraban) egallagan. Guruh nomi 1950-yillarda ommalashgan gitara brendidan olingan. Silvertone Isaakning doimiy qoʻllab-quvvatlovchi guruhi boʻlib qolgan.

  1. Hermes, Will (November 13, 2015). „First Comes the Night by Chris Isaak, Vanguard -- Rockabilly's greatest modern ambassador goofs off, with mostly fun results“. Rolling Stone. rollingstone.com. Qaraldi: November 16, 2015.
  2. „Biography : Chris Isaak“. Biography.com. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-may.
  3. Strong, Martin C.. The Great Rock Discography, 5th, Edinburgh: Mojo Books, 2000 480–481-bet. ISBN 1-84195-017-3. 
  4. Goldberg, Michael (April 18, 1991). „Interview: Chris Isaak“. Rolling Stone. Qaraldi: January 24, 2019.