Roar Strand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roar Strand
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-fevral 1970-yil (1970-02-02) (54 yosh)
Tavallud joyi Trondheim, Norvegiya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—2010 Rosenborg 645 (121)
1993Molde (ijara) 23 (9)
2013—2015 Mosvik 11 (4)
2016 Melhus 14 (8)
Milliy terma jamoa
1994—2003 Norvegiya 42 (4)
Boshqargan klublari
2022— Rosenborg (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Roar Strand (talaffuzi: Roar Strann; 1970-yil 2-fevralda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi, faoliyatining asosiy qismini Rosenborgda, yarim himoyachi sifatida oʻtkazgan. Norvegiya terma jamoasi safida 42 marta maydonga tushgan. Norvegiya oliy divizionida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan toʻrtinchi oʻyinchi hisoblanadi. 16 ta liga chempionligini va besh martadan koʻproq Norvegiya futbol kubogini qoʻlga kiritgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Strand Trondheimda tugʻilgan va deyarli butun faoliyatida Rosenborgda oʻynagan, 1993-yilgi mavsumda Molde FKga ijaraga berilgan. 1989-yilda debyut qilgan, 2010-yilda nafaqaga chiqqan. Asosan yarim himoya ampluasida harakat qilgan, ammo qanot hujumchisi va qanot himoyachisi sifatida ham oʻynagan

Strand „Rosenborg“ bilan UEFA Chempionlar Ligasida 11 ta oʻyinda ishtirok etgan. Norvegiya Premyer-divizionida eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda turadi[1].

Roar Strand Norvegiya Tippeligasida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 400-oʻyini 2008-yil 21-sentyabr yakshanba kuni HamKamga qarshi oʻtgan. 2009-yil 19-aprel yakshanba kuni Rosenborg BK dagi 600-oʻyinni oʻtkazdi. Bunga Norvegiya oliy divizioni, Norvegiya kubogi, Yevropa kuboklari va Qirollik ligasi ham kiradi[2].

Strand Manchester United futbolchisi Ryan Giggs bilan ketma-ket 21 mavsumda gol urish boʻyicha Yevropa rekordida teng ketishmoqda[3].

Strand Chempionlar Ligasi tarixida bir klub bilan musobaqada 100 yoki undan ortiq oʻyin oʻtkazgan atigi 19 nafar futbolchidan biridir. 

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Strand 1986—1989-yillarda vataninig turli yoshlar jamoalarida oʻynagan oʻnta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan. 1990-yilda Norvegiya U21 terma jamoasiga chaqirilgan

1994-yili 1994-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, ammo musobaqada o‘ynamagan. Debyuti 5-iyun kuni Jahon chempionatiga saralashi doirasida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (2:0) bo‘lgan

Strand 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2000-yilda Belgiya hamda Gollandiyada oʻtkazilgan futbol boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etgan. 2003-yilda nafaqaga chiqdi.

Strand Norvegiya terma jamoasi safida 42 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-noyabr, 2009-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Norvegiya kubogi Qitʼa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Rosenborg 1989 Tippeligaen 12 0 2 0 1 0 15 0
1990 19 6 6 0 2 0 27 6
1991 22 3 4 0 2 1 28 4
1992 17 1 3 1 1 0 21 2
1994 22 6 5 1 4 2 31 9
1995 23 4 8 0 8 2 39 6
1996 23 3 3 0 10 1 36 4
1997 23 2 3 1 8 4 34 7
1998 23 12 4 2 8 1 35 15
1999 13 4 3 0 12 1 28 5
2000 17 5 1 0 10 3 28 8
2001 25 8 2 2 8 1 35 11
2002 19 2 3 0 7 0 29 2
2003 18 2 5 4 7 1 30 7
2004 23 4 4 1 10 1 37 6
2005 23 4 2 2 9 1 34 7
2006 18 3 5 0 - - 23 3
2007 19 2 1 1 9 0 30 3
2008 20 4 1 1 7 0 29 5
2009 22 1 2 0 2 0 26 1
2010 15 3 2 0 2 0 16 3
Molde (ijara) 1993 Tippeligaen 23 9 6 2 - - 29 11
Jami faoliyati 439 88 75 18 127 19 642 125

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Terma jamoa Ishtirok Gollar
1994-2003 Norvegiya 42 4

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosenborg

  • Norvegiya oliy divizioni (16): 1990, 1992, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998[5], 1999, 2000, 2001, 2002, 2004 , 202 , 201
  • Norvegiya kubogi : 1990, 1992, 1995, 1999, 2003

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Flest kamper“ (no). Norwegian Broadcasting Corporation (2006-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
  2. „Roar i 600“ (no). Rosenborg BK. 2009-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-aprel.
  3. Ashdown, John. „Is Ryan Giggs a goalscoring record breaker?“. London: guardian.co.uk (2009-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 1-noyabr.
  4. „Roar Strand“. 2010-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Mestvinnende spillere“ (no). Norwegian Broadcasting Corporation (2006-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 2-noyabr.