Rizo Pahlaviy (shahzoda)
Shahzoda Rizo Pahlaviy (1960; 31-oktyabr; Tehron) - Pahlaviylar uyining boshlig'i, hozirda tugatilgan Eron Shahanshohlik davlatining valiahd shahzodasi (shahzoda), Eronning oxirgi shahanshohi - Muhammad Rizo Pahlaviyning to'ng'ich o'g'li.
1967-yildan u Eronning valiahd shahzodasi (Shahzoda) boʻlib, taxtni otasi Muhammad Rizo Pahlaviydan keyin egallashi kerak edi. Ammo 1979-yilgi Erondagi Islom inqilobi tufayli u oilasi bilan birgalikda Eronni tark etishga majbur boʻladi.
Eronda amalda bo`lgan diniy islom respublikasining asosiy tanqidchilaridan biri. U Eronda faoliyati taqiqlangan Eron Milliy kengashining asoschisi va rahbari sanaladi. Hozirgi kunda AQShda yashaydi.
Tarjimayi hol[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolalik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rizo Pahlaviy 1960-yil, 31-oktyabrda Tehronda tug'ilgan. U Muhammad Rizo Pahlaviyning to‘ng‘ich farzandidir. Onasi - Eronlik Shohbonu Farah Pahlaviy 1959-yilda Muhammad Rizo Pahlaviy bilan turmush qurgan.
Maktabni tugatgandan so'ng, yosh Rizo Pahlaviy Eron Imperator havo kuchlariga kichik ofitser sifatida ishga qabul qilingan. 1977-yilda, 17 yoshida u AQShga parvozlar bo'yicha mashg'ulotlar uchun yuboriladi. AQShda u Uilyams kollejida tahsil olgan, ammo bir muncha vaqt o'tgach, vatani Eronda boshlangan tartibsizliklar sababli o'qishni to'xtatishga majbur bo'ladi. Ko'p o'tmay, 1979-yilda Eronda Islom inqilobi sodir bo'ladi va Eron shohi oilasi bilan birgalikda mamlakatni tark etishga majbur bo'ladi. Tez orada Eronda Eron Islom Respublikasi tashkil topadi .
Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oila[tahrir | manbasini tahrirlash]
Otaasi - Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy 1919-yilda tug'ilgan va 1980-yilda vafot etgan. Onasi - Shohbonu Farah Pahlaviy 1938-yilda tug'ilgan . Farah Pahlaviy hozirda AQShda istiqomat qiladi. Rizo Pahlaviyning ikki singlisi va bir ukasi bor. Ukasi shahzoda Ali Rizo Pahlaviy 1966-yilda tug'ilgan. 2011-yilning yanvar oyida o'z joniga qasd qilgan. Opa-singillari - malika Farahnoz Pahlaviy (1963) va malika Leyla Pahlaviy (1970-2001). 2001-yil, iyun oyida mehmonxonada xonasidan o'lik holda topilgan.
1986-yil, 12-iyunda Rizo Pahlaviy 1968-yili Tehronda tug'ilgan Yasmin Pahlaviy bilan turmush qurgan. Yasmin Pahlaviy 1970-yillarning oxirida Erondan Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi va AQShda Jorj Vashington universitetini tamomladi. Rizo va Yasmin Pahlaviyning uchta qizi bor: malika Nur, malika Imon va malika Farah.
Diniy e'tiqodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rizo Pahlaviy o‘z intervyularidan birida din haqida alohida to‘xtalib o‘tib “Bu har bir kishining shaxsiy ishi, lekin siz mening e’tiqodim hamda shia-musulmonligimni bilishingiz mumkin. Men juda dindor odamman” [1] deb aytgan. Makkaga borib qodir musulmonlarga farz bo`lgan haj ibodatini [2] amalga oshiradi.
Unvoni[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Imperator oliy hazratlari Eron valiahd shahzodasi (Shahzoda).
Darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Eron Imperator havo kuchlarining kichik ofitseri
Nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Реза Пехлеви. IRAN: L’Heure du Choix. Denoël, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'.. ISBN 978-2207261033.
- Реза Пехлеви, Winds of Change: The Future of Democracy in Iran, Regnery Publishing Inc., 2002, ISBN 0-89526-191-X.
- Реза Пехлеви, Gozashteh va Ayandeh, London: Kayham Publishing, 2000.[3]
Va shuningdek...[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Soloman, Deborah. „The Exile“. The New York Times Magazine (26-iyun 2009-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
- ↑ Reza Bayegan. „Reza Pahlavi and the Question of Religion“. Payvand. Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Reza Pahlavi´s Web site“. 1-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2014-yil.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- James D. Cockcroft.. Mohammed Reza Pahlavi, Shah of Iran. Chelsea House Publishers, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'.. ISBN 1555468470, 9781555468477.
- Linda Barth.. Mohammed Reza Pahlavi. Chelsea House Publishers, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'.. ISBN 0791069486, 9780791069486.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti
- Официальный сайт династии Пехлеви
- Видеоканал Реза Пехлеви на YouTube
- Реза Пехлеви Twitter sahifasi