Rizamat Musamuhamedov
Rizamat Musamuhamedov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1881-yil 21-fevral |
Vafoti |
13-mart 1979-yil (98 yoshda) Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbek SSR, SSSR |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | agronom |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Rizamat Musamuhamedov (1881-yil 21-fevral, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1979-yil 13-mart, Qibray, Toshkent viloyati, Oʻzbek SSR, SSSR) – taniqli oʻzbek sohibkori, uzumchilik ustasi[1][2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1962). Stalin mukofoti laureati (1952). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi (1957—1961). Lenin ordeni sohibi (1962).Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rizamat Musamuhamedov ish faoliyatini 1895-yildan „Degrez“ uzumchilik xoʻjaligidan boshlaydi[3]. 1914-yildan 1922-yilgacha „Kengsoy“ fermer xoʻjaligida uzumchi, bosh mutaxassis sifatida ishlaydi. 1922—1947-yillarda „Oqqovoq“ stansiyasida ham uzumchi boʻlib ishlagan.
1947-yildan 1950-yilgacha Toshkent viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi instruktori boʻlib ishlaydi. 1950-yilda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligining uzumchilik boʻyicha bosh agronomi etib tayinlanadi.
Musamuhamedovning rahbarligida Oʻrta Osiyoda 3600 gektardan ortiq tokzor va bogʻlar barpo etilgan. Oʻndan ortiq uzum navlarini yaratgan.
Sohibkorning 1939-yilda „Tokchilik boʻyicha qoʻllanma“, 1959-yilda „Moʻl uzum hosili yetishtirishdagi tajribalarim“ nomli kitoblari nashr etilgan[4].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rizamat Musamuhamedov 1979-yil 13-mart sanasida 98 yoshida vafot etgan va Toshkent shahrida joylashgan Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1962-yil 5-noyabrdagi farmoni bilan „Uzumchilikni rivojlantirish, uzumzorlarni yetishtirishning ilgʻor usullarini ishlab chiqish, kolxoz va sovxozlarda uzumchilarni tayyorlashda katta xizmatlari uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni mukofoti bilan taqdirlangan.
3 mrta Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi ordeni, 2 karra Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordeni, uchta SSSR medali, 7 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan taqdirlangan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musamuhamedov haqida „Gulga burkangan hayot“ (1961), „Rizamat otaning 100 bahori“ hujjatli filmlari yaratilgan. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bogʻdorchilikuzumchilik shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Musamuhamedov nomi berilgan.
Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida chiqarilgan va Oʻzbekiston, Tojikistonda rayonlashtirilgan serhosil tok navi Musamuhamedov sharafiga Rizamat deb atalgan[5].
2021-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Rizamat Muhammedov haqida shunday fikr bildirgan[6][7]:
Rizamat ota Musamuhamedovning uzumchilik sohasidagi natijalari Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Italiya kabi ko‘plab davlatlarda ham, bugun keng qo‘llanayotgani barchamizga iftixor bag‘ishlaydi. Ana shunday usta sohibkorning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik ilmiy-amaliy markazini tashkil qilsak, har yili xalqimiz, xorijiy mehmonlar va sayyohlar ishtirokida Uzum sayli o‘tkazish an'anasini yo‘lga qo‘ysak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мусамухамедов Ризамат“. warheroes.ru. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Мусамухамедов Ризамат -ота“. tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „ЖИЗНЬ, ПОСВЯЩЕННАЯ ВИНГРАДАРСТВУ“. Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Алоҳида муҳим ижтимоий, маданий ва тарихий аҳамиятга эга бўлган объектларни қуриш, реконструкция қилиш ва капитал таъмирлаш дирекцияси. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Tilimizni bilamizmi: so‘zga aylangan odamlar — aslida kishilarning ismi bo‘lgan 15 ta so‘z“. Daryo.uz. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „RIZAMAT OTA BOG‘LARI“. uzhurriyat.uz. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Parkentda Uzumchilik markazi tashkil etishni taklif qildi“. Kun.uz. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Parkentda Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik markazi tashkil etishni taklif qildi“. Uzreport.news (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 13-martda vafot etganlar
- 1979-yilda vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- 1881-yilda tugʻilganlar
- 24-fevralda tugʻilganlar
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston vinochilari
- Oʻzbekiston agronomlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan uzumchilar
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan agronomlar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Qibrayda vafot etganlar
- Toshkentlik kishilar
- Yalangʻoch-2 qabristoniga dafn etilganlar