Rizamat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rizamat — oʻrtapishar mahalliy xoʻraki va mayizbop uzum navi. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarqand filialida Kattaqoʻrgʻon va Parkent uzum navlarini chatishtirib chiqarilgan (K. V. Smirnov, A. F. Gerasimova). Mashxur sohibkor Rizamat Musamuhamedov sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Barglari oʻrtacha, yumaloq, besh boʻlmali, sal kertikli, ters tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi avg .sent.da pishadi. Uzum boshi yirik, tigʻizligi oʻrtacha, konussimon, vazni 300—550 g , gʻujumi yirik, silindr shaklida, yonbosh tomoni pushti. Poʻsti yupqa, eti zich, karsildoq, uzumi koʻrinishining bejirimligi va yaxshi taʼmi bilan ajralib turadi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3000° boʻlganda 150 kunda pishadi. Tarkibida 20—22% qand bor. Hosiddorligi 200—250 s/ga. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidamsizroq, ragʻa, kul kasalligiga bardoshi yuqori emas.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil