Richmond Laryea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richie Laryea
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Richmond Mamah Laryea[1]
Tavallud sanasi 7-yanvar 1995-yil (1995-01-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Toronto, Ontario, Kanada
Boʻyi 1.75 m[2]
Ampluasi himoyachi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Toronto FC (dan Nottingham Forest ga ijara)
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2008 Club Uruguay[3]
2008—2015 Sigma FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015 Sigma FC 9 (5)
2016—2018 Orlando City 21 (0)
2016—2017 → Orlando City B (ijara) 35 (3)
2019—2021 Toronto FC 67 (8)
2022— Nottingham Forest 5 (0)
2022— → Toronto FC (ijara) 10 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Kanada U23 2 (1)
2019— Kanada 37 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-sentyabr uchun)

Richmond „Richie“ Laryea (talaffuzi: Richmond „Richie“ Lareya; 1995-yil 7-yanvarda Kanadada tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, „Toronto“ futbol klubi va Kanada terma jamoasida yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Richmond Laryea „Sigma“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi[4].

2014—2015-yillarda Richmond Laryea Milliy Kolleji Atletika Assotsiatsiyasida universitet futbol jamoasida oʻynagan[5].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 6-yanvarida universitetni tark etib, Generation Adidas dasturi orqali MLS bilan shartnoma imzolagan[6].

2016-yilning 25-martida u yangi tashkil etilgan „Orlando City B“ futbol klubiga yuborilgan[7][8]. Richmond Laryea professional debyutini 2016-yil 26-mart kuni „Orlando City B“ futbol klubida „Wilmington Hammerheads“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[9]. 2017-yilning 23-aprelida „Orlando City B“ futbol klubi safida „Bethlehem Steel“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u faoliyatidagi ilk gollarini urgan va dublga erishgan[10]. U 2017-yilning 24-iyunida „Orlando City“ jamoasi safida „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan va o‘yinda Kaka o‘rniga 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[11]. 2018-yilgi mavsum oxirida „Orlando City“ futbol klubi bilan shartnomani uzaytirmagan[12][13].

2022-yilning 5-avgustida Richmond Laryea bir yillik ijara evaziga „Toronto“ futbol klubiga qaytgan[14]. Shartnomani yopish uchun „Toronto“ futbol klubi „Dallas“ futbol klubiga 225 ming dollar toʻlagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil may oyida Richmond Laryea 23 yoshgacha boʻlgan Kanada terma jamoasi uchun ikkita oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan hamda15-mayda Gayana va 18-mayda Grenadaning asosiy jamoalari bilan boʻlgan oʻyinda maydonga tushgan. Futbolchi Gayana darvozasiga gol urgan[15][16][17].

2019-yil 28-avgust kuni Richmond Laryea Kanadaning asosiy jamoasi safida 2019-2020-yilgi CONCACAF Millatlar Ligasidagi ikkita o‘yin uchun asosiy tarkibga kiritilgan. 2019-yilning 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda u asosiy tarkibda maydonga tushib, terma jamoa safida debyut qilgan[18] .

2021-yil 25-mart kuni JCh-2022 saralashining birinchi bosqichida Bermud orollari terma jamoasiga qarshi o‘yinda Richmond Laryea Kanada terma jamoasi safidagi ilk golini urgan[19][20][21].

U 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi musobaqasiga boradigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[22][23][24].





Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Orlando City BAQSH bayrogʻi AQSh 2016 23 0 23 0
2017 12 3 12 3
Jami 35 3 0 0 0 0 35 3
Orlando City S. C.AQSH bayrogʻi AQSh 2017 12 0 0 0 12 0
2018 9 0 0 0 9 0
Jami 21 0 0 0 0 0 21 0
Toronto F. C.Kanada bayrogʻi Kanada 2019 24 2 4 0 0 0 28 2
2020 22 4 0 0 22 4
2021 27 3 3 0 3 0 33 3
Nottingham Forest F. C.[25]Angliya bayrogʻi Angliya 2021—2022 5 0 0 0 5 0
Jami 5 0 0 0 0 0 5 0
Toronto F. C.Kanada bayrogʻi Kanada 2022 10 0 10 0
Jami 83 8 7 0 3 0 93 9
Umumiy faoliyatida    144 12 7 0 3 0 154 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „National Team Roster 2021 Concacaf Gold Cup“. CONCACAF.
  2. „Richie Laryea Went to school at St. Jerome Catholic, in Torono, ON.“. Nottingham Forest F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. „Pro: First Youth Registration List“. League1 Ontario.
  4. „SIGMA FC's Richmond Laryea Signs Generation Adidas Contract with MLS“ (en). Sigma Sports. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-yanvar.
  5. „Richie Laryea“ (en). University of Akron Athletics. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  6. „MLS announces 2016 Generation adidas class, signs Stanford senior defender Brandon Vincent“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 9-yanvar). 2019-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  7. „Orlando City Selects Midfielder Richie Laryea and Forward Hadji Barry in the First Round of the 2016 MLS SuperDraft“ (en). Orlando City Soccer Club (2016-yil 14-yanvar). 2017-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  8. „Orlando City SC Loan Seven Players to OCB“ (en). Orlando City Soccer Club (2016-yil 25-mart). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  9. „Orlando City B Debuts in USL in Front of Passionate Fan Base“ (en). Orlando City Soccer Club (2016-yil 27-mart). 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  10. „OCB Finishes Three-Game Road Trip With Win in Bethlehem“ (en). Orlando City Soccer Club (2017-yil 23-aprel). 2017-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  11. „Orlando City Falls at Chicago“ (en). Orlando City Soccer Club (2017-yil 25-iyun). 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  12. „Orlando City SC Announces 2018 End-of-Season Roster Update“ (en). Orlando City Soccer Club (2018-yil 27-noyabr). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  13. Tom Bogert. „Orlando City SC decline options on Jonathan Spector, Joe Bendik“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 27-noyabr). 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  14. „Laryea heads to Toronto on loan“ (en). Nottingham Forest FC (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  15. „Canada m23 defeat Guyana as part of Jubilee celebration“ (en). Canada Soccer (2016-yil 16-may). 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  16. „[2016-05] Men’s U-23 camp and Caribbean tour“ (en). Canada Soccer. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  17. „Canada m23 wins again on Caribbean tour“ (en). Canada Soccer (2016-yil 19-may). 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  18. „2019-09-07 - Canada vs Cuba“ (en). Canada Soccer. 2020-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-yanvar.
  19. „Canada starts FIFA World Cup Qatar 2022™ Qualifiers journey with 5:1 win over Bermuda“ (en). Canada Soccer (2021-yil 25-mart). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  20. „Larin, Davies team up to help Canada crush Bermuda in World Cup qualifier“ (en). CBC Sports (2021-yil 25-mart). 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  21. „Larin, Davies combine to help Canada down Bermuda in World Cup qualifier“ (en). TSN.ca (2021-yil 25-mart). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  22. „Canada Soccer announces 2021 Concacaf Gold Cup roster“ (en). Canada Soccer (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  23. „Five Reds called up for Gold Cup“ (en). Toronto FC (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  24. „Alphonso Davies, Ayo Akinola highlight Canada’s Gold Cup squad“ (en). Sportsnet.ca (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  25. Andoza:Cita web