Restitutsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Restitutsiya(lotincha-restitutio avvalgi holatga qaytish, inglizcha-restitution)— 1)fuqarolik huquqida tomonlar o'rtasida tuzilgan kelishuv haqiqiy emas, deb topilgan taqdirda, kelishuv asosida tomonlarga berilgan barcha narsalarning o'z egalariga qaytarilishi. Bitim haqiqiy bo'lmagan taqdirda taraflarning har biri boshqasiga bitim bo'yicha olgan hamma narsasini qaytarib berishi, olingan narsani aslicha(shu jumladan, olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo'lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa, uning qiymati pul bilan to'lanishi shart.(O'z FK 114-m). Olingan mulkning ikkila tomonga qaytarilishi ikki tomonlama Restitutsiya deb nomlanadi.

2) xalqaro huquqda Restitutsiya bir tomonning ikkinchi tomonga noqonuniy xatti-harakati(masalan agressiya) tufayli keltirilgan zararni, ushbu noqonuniy xatti-harakatgacha bo'lgan holatini qaytarishga yo'naltirilgan, moddiy shakldagi to'lovni nazarda tutadi. Masalan, ikkinchi jahon urushi davomida hamda undan so'ng fashistik Germaniya va uning ittifoqchilari tomonidan boshqa davlatlarni bosib olishi tufayli qo'lga kiritgan boyliklarini Restitutsiya qoidalari asosida o'z egalariga qaytarish xalqaro huquqiy hujjatlarda ifodalangan. Restitutsiyaning yana bir shakli bir davlatning ikkinchi davlatni bosib olishi oqibatida olib qo'ygan mulklarini natura tariqasida qaytarishidir. Agarda aynan olib qo'yilgan mulkni qaytarishning imkoni bo'lmasa, u holda tomonlarning kelishuvi asosida shunga o'xshash mulk qaytarilishi mumkin. [1]

Qonunda, fuqarolik da'vosida bir tomonning asossiz boyib ketishiga yo'l qo'ymaslik, adolatga erishish uchun sud tomonidan restitusiyako'pincha buyuriladi. Bundan tashqari, Restitusiya ko'pincha jinoiy jazo tayinlashda buyuriladi, bu sudlanuvchidan pul o'rnini to'ldirishni yoki jinoyat qurboniga yoki umuman olganda jamoatchilikka foyda keltiradigan biron bir harakatni amalga oshirishni talab qiladi. Jinoiy sharoitda restitutsiya odatda jarima va yoki qamoq muddatiga qo'shimcha ravishda amalga oshiriladi. [2]

  1. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi.2009 — 385-bet bet. 
  2. [blob:https://legaldictionary.net/72dceb10-a703-484f-8bef-e3d8798d1122#:~:text=Restitution%20%2D%20Definition%2C%20Examples%2C%20Cases „Restitution“]. legaldictionary.net. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr. [sayt ishlamaydi]