Kontent qismiga oʻtish

Razuvayev Yuriy Sergeyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Razuvayev Yuriy Sergeyevich

Tugʻilgan sanasi: 10-oktabr 1945-yil
Tugʻilgan joyi: Moskva, SSSR
Vafot sanasi: 21-mart 2012-yil
Vafot joyi: Moskva, SSSR
Unvoni: grossmeyster, xalqaro usta, SSSR sport ustasi
Maksimal reytingi: 2590 (1991-yil, iyul)

Yuriy Sergeyevich Razuvayev (10-oktabr 1945, Moskva - 21-mart 2012[1], Moskva) - sovet va rus shaxmatchisi, grossmeyster (1976)[2]

RSFSR'da hizmat ko'rsatgan murabbiy (1976). 1980 Valetta shahrida bo'lib o'tgan shaxmat olimpiadasi va 1977, 1980-yillarda bo'lib o'tgan shaxmat chempionatlarida SSSR terma jaomasi murabbiyi. Shaxmat jurnalisti. Tarixchi. Birnecha olimpiadalar hamda chempionatlar g'olibi.

Spotrchilik va murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yillar boshlarida Mixail Botvinnik guruhida shaxmat sir-asrorlarini o'rganishni boshlagan. Huddi shu maktabda jahon chempioni Anatoliy Karpov, bo'lajak grossmeysterlar Yuriy Bashalov, Gennadiy Timoshenko va bo'lajak mashhur shaxmat murabbiysi Boris Zlotnik'lar bilan tanishgan[3]

Moskva davlat universiteti'ning tarix fakultetini tamomlagan. Universitet shaxmat jamoasining sardori bo'lgan.

Xalqaro musobaqalardagi yuqori natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vilnyus(1969) - 3-o'rin, Moskva(1968) - 5-o'rin, (1970, 1982 va 1985) - 5, 6-o'rin, Polyanisa-Zdruy (1972) - 3-4-o'rinlar, (1979) - 1-o'rin, Syenfuegos (1975) - 4-o'rin, (1976) - 2-3-o'rinlar, San-Paulu (1977) 3-5-o'rinlar, Lyublin (1978) - 4-6-o'rinlar, Dubna (1979) - 1-4-o'rinlar, Zalaegerseg(1981) - 1-2-o'rinlar, London(1983) - 1-o'rin, Helsinki(1984) - 2-3-o'rinlar, Dortmund(1985) - 1-3-o'rinlar, Sochi(1986) - 4-5-o'rinlar.

Sportchi o'zini iqtidorli murabbiy sifatida ham namoyon eta oldi. U Karpov bilan ko'p ishlagan, Botvinnikga yordamchi bo'lgan edi. Sobiq ittifoq davrida terma jamoaga murabbiylik qildi. Uning mashhur shogirdlari qatorida jahon chempioni Aleksandr Kostenyuk va Yevropa chempioni Yevgeniy Tomashevskiy'lar bor. U 1999-2009-yillarda Italiya erkaklar shaxmat jamoasiga murabbiylik qildi.

Kasbi vrach-logoped bo'lgan Natalya bilan talabalik yillarida tanishgan. U bilan 45 yil turmush qurdi.

O'g'li Aleksandr Yuryevich Razuvayev (15-iyul 1973-yil, Moskva) iqtisod fanlari nomzodi, moliya bozorlarining yetakchi analitiklaridan biri hisoblanadi.

  • A.Rubinshteyn, M., 1980 (muallifdosh);
  • Endshpilga o'tish, M., 1980 (muallifdosh).
  1. Ушел из жизни Юрий Разуваев(Wayback Machine saytida 2012-03-24 sanasida arxivlangan)
  2. „Юра, Юрий Сергеевич... | chess-news.ru“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-noyabr. (Wayback Machine saytida 2013-12-03 sanasida arxivlangan)
  3. „Борис Злотник празднует юбилей. Известному шахматисту и тренеру исполняется 70 лет“. Российская шахматная федерация (2016-yil 15-oktyabr). 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.