Kontent qismiga oʻtish

Raypur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raypur temiryo'l vokzali

Raypur-Markaziy Hindistondagi Chhattisgarxshtatining poytaxti. Raypur tumanining maʼmuriy markazi.

Birinchi shahar qoldiqlari Raypur shaharning janubiy qismida joylashgan bo'lib, u yerda qal'a va boshqa inshootlarning xarobalari saqlanib qolgan. Ba'zi tarixchilarning fikriga ko'ra, Raypur shahri IX asrning boshlarida mavjud boʻlgan. Ammo ko‘pchilik olimlarning fikricha shaharga XIV asrning so‘nggi choragida qirol Rama Chandra tomonidan asos solingan.

Geografik xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raypur Chhattisgarh shtatining markazida joylashgan. Shaharning sharqida Hindistonda sholi yetishtirish markazi boʻlmish Mahanadi daryosi vodiysi joylashgan. Shaharning shimoli-gʻarbida Maykal tepaliklari joylashgan. Shimoli-sharqda Chota Nagpur tepaligi boshlanadi va undan keyin Jharkhand shtati hududi tarkibiga kiradi.

O'rtacha harorat:

  • Yozda: 29 dan 47 gacha°C
  • Qishda: 10 dan 27 gacha°C

O'rtacha yillik yogʻin: 1200 mm

Hindiston aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, 2011-yilda Raipur munitsipal korporatsiyasining aholisi 785,829 nafar kishi[1], shahar aglomeratsiyasida esa 1,010,087 nafar kishi[1] edi. Jinsiy nisbat bo'yicha 1000 erkakka 946 ayol; Aholining 12,3 foizini 6 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi[1] . Savodxonlik darajasi esa 86,90%ni tashkil qiladi.[1] .

Geografik joylashuvi sababli Raypur Chhattisgarx shtatining iqtisodiy markazi ham hisoblanadi. Bundan tashqari, shaharda Chhattisgarx qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi ham to'plangan. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda shahar sanoat markaziga aylanib bormoqda - uning atrofida sement zavodlari, marmar, granit ishlab chiqarish va qayta ishlash zavodlari ham bor. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, shellak ishlab chiqarish ham mavjud.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Архивированная копия“. 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyul.