Rashidiy Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rashid Samarqandiy
Tavalludi 11-asr
Vafoti 12-asr
Tabriz shahri
Fuqaroligi Eron

Rashid Samarqandiy(11-asr, Samarqand shahri – 12-asr, Tabriz shahri) – fors shoiri, munajjim olim[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashid Samarqandiy 11-asrda Samarqandda tugʻilgan. Uning nechanchi yili tugʻilganligi haqida maʼlumotlar boʻlmasa-da, 11-12-asrlarda yashagan fors shoiri ekanligi haqida maʼlumotlar yetib kelgan.

Rashid Samarqandiy haqidagi maʼlumotlarning aksariyat qismini Hermen Ettening „Fors adabiyoti tarixi“ kitobidan olish mumkin. Rashid Samarqandiy madrasada tahsilini tamomlaganidan soʻng, qoraxoniylar va saljuqiylar sulolasidagi saroylarida xizmat qildi. Rashid Samarqandiy 12-asr boshlarida Qoraxoniylar davlati podshohi boʻlgan Xizrxonning shaxsiy shoiri boʻlgan. Rashid Samarqandiy Xizrxonga Qoraxoniylar davlati haqida yozgan 4 misralik sheʼri uchun 4 ta oltin suvi yugurtirilgan idishni sovgʻa qiladi. Rashid Samarqandiy yozgan sherlarning aksariyat qismi vatanparvarlik ruhida yozilgan edi. U fors shoiri Rudakiyning ijodidan ilhom olgan holda, sheʼrlarini yozgan. Rashid Samarqandiy garchi Qoraxoniylar tarixi va ularning davlatlari haqida yozma maʼlumotlar yozgan boʻlsa-da, Qoraxoniy hukmdorlarning tazyigʻiga uchradi. Ularning Rashid Samarqandiyga bergan bosimining asosiy sababi, Rashid Samarqandiy davlatdagi kundalik turmush paytidagi muammolarni hajv yoʻli bilan kulgiga oladi. Xalqning Qoraxoniylarga nisbatan ishonchi tushib ketaveradi. Bundan soʻng u shaharlardan shaharlarga koʻchib yurishga majbur boʻldi. Rashid Samarqandiy 1174-yili Saljuqiy hukmdor Toʻgʻonshoh va Ardasherlarning saroylariga borib, hujjatlar ishlari bilan shugʻullangan. Hujjat ishlari bilan birgalikda, Saljuqiylar davlatining tashqi siyosatiga ham oʻz hissasini qoʻshdi. Boshqa qoʻshni davlatlarning Saljuqiylar bilan yaqinlashuviga asosiy sabab, aynan, Rashid Samarqandiy tayyorlagan shogirdlarining ijodiy ishlari edi.

Rashid Samarqandiy munajjim ham edi[2]. U yulduzlarni joylashuviga oid qisman maʼlumotlarni yozib qoldirgan. U oʻzini Farobiyning shogirdi deb bilar edi.

Rashid Samarqandiy umrining oxirlarida barcha narsalardan voz kechib, tarkidunyo qiladi. U 12-asrda Erondagi Tabriz shahrida vafot etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]