Raquel Cassidy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raquel Cassidy
Tavalludi 22-yanvar 1969
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1997–hozirgacha

Raquel Cassidy — britaniyalik aktrisa. U Downton Abbey (2013-2015) teleserialida Phyllis Baxter rolini o‘ynagan va drama seriallardagi ansambldagi ajoyib ijrosi uchun Screen Actors Guild Award mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa xuddi shu nomdagi 2019-yilgi badiiy film va uning 2022-yilgi davomi uchun Downton Abbeydagi rolini takrorlaydi.

U boshqa teleseriallarda, jumladan, Teachers, Party Animals, Moving Wallpaper, Lead Balloon, The Worst Witch hamda The Good Karma Hospitalda bosh rollarni oʻynagan.

Yoshligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyalik ona va angliyalik boʻlgan otasining oilasida tugʻilgan Raquel er-xotinning uchinchi va yagona qiz farzandi boʻlgan[1]. Boʻlajak aktrisa Fleet shahri (Hamshire)da tugʻilib oʻsgan. U Farnborough Hill monastirida[2] va keyinchalik, Girton College (Cambridge)da zamonaviy tillar boʻyicha tahsil olgan. U keyinroq biologik antropologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi, lekin aktrisalik karyerasini davom ettirish uchun ushbu faoliyatini toʻxtatadi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki roli uchun Cassidy, asosan, ispan tilida gapirgan The Bill kartinasining epizodida Lola Chaves rolini oʻynagan[4]. 2001-yilda u Teachers filmida Susan Gately rolini oʻynaydi va 2002-yilda ikkinchi mavsum uchun ham qaytadi[5]. U, shuningdek, Party Animals filmida Ichki ishlar vazirligining kichik vaziri Jo Porter obrazini, The Worst Week of My Life filmida Cassie Turnerni, Moving Wallpaper filmida Nancy Weeks va Lead Balloon karinasida Mel rollarini gavdalantirgan[5][6].

2013-yilda Cassidy Downton Abbey aktyorlari tarkibiga qoʻshildi va shouning soʻnggi uchta seriyasida reabilitatsiya qilingan oʻgʻri va xizmatchi ayol Phyllis Baxter rolini oʻynadi[5]. 2015-yilda drama serialdagi ajoyib ijrosi uchun Screen Actors Guild Award mukofotiga sazovor boʻlgan[7]. U 2019-yilda Downton Abbey deb nomlangan badiiy filmi va uning 2022-yilgi davomida rolini takrorlaydi[5][8].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1999 Perdie Miss Jennings Qisqa metrajli film
2000 Thin Ice DS Beckett TV film
2002 Shooters Tess
Do I Love You Romy
Before You Go Felicia
2004 Out of Time Alice Qisqa metrajli film
2005 Blakeʼs Junction 7 Jenna Qisqa metrajli film
Festival Petra Loewenberg
2007 The Boat People Alice
Tick Tock Lullaby Maya
Britz Joy TV film
2008 Nightwalking Martha Qisqa metrajli film
2010 On Expenses Jamoatlar palatasi maslahatchisi TV film
An Act of Love Catherine Qisqa metrajli film
Bleach Rebecca Qisqa metrajli film
2012 Routine Vaccination Hamshira Qisqa metrajli film
2013 Wisdom Emily Eximo Qisqa metrajli film
To Leech Mary Qisqa metrajli film
2014 The Ballad of Langley Lane Ona Qisqa metrajli film
2016 The Twisted Death of a Lonely Madmman Mystic-57 Ovozli rol
Two Is a Family Maitresse Gloria
2019 Cliffs of Freedom Christina Vakrinos
Downton Abbey Phyllis Baxter
Official Secrets Anne Emmerson
2022 Downton Abbey: A New Era Phyllis Baxter

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1998 Killer Net P.C. Pam Boxer 2ta epizod
1999 The Bill Lola Chaves Epizod: „Lola“
Peak Practice Cheryl Parker Epizod: „Hearts and Minds“
2000 Nature Boy Ros 1ta epizod
Hearts and Bones Mary Jones Epizod: „Once There Was a Way to Get Back Home“
2001 Table 12 Yolanda Epizod: „Aphrodisiac“
2001-2002 Teachers Susan Gately Takroriy rol
2003 Trust Elizabeth Blackwood 1ta epizod
Red Cap Staff Sergeant Neve Kirland Takroriy rol
Holby City Julie Redding Epizod: „Desperate Measures“
Trevor’s World of Sport Caroline Bradley Takroriy rol
2004 The Worst Week of My Life Cassie Turner Muntazam serial
2005 According to Bex Chris Muntazam serial
Last Rights Nadine Miniserial
Twisted Tales Lynne 1ta epizod
2006 Comedy Lab Jane Epizod: „FM“
2006-2011 Lead Balloon Mel Muntazam serial
2007 Party Animals Jo Porter Muntazam serial
Sold Yvette Daniels 1ta epizode
2008 Casualty Monica Batchelor Epizod: „Before a Fall“
No Heroics Agent Kim Epizod: „Monkey Gone to Heaven“
Agatha Christieʼs Poirot Maureen Summerhayes Epizod: „Mrs McGinty’s Dead“
2008-2009 Moving Wallpaper Nancy Weeks Muntazam serial
2009 New Tricks Susannah Morton Epizod: „The Truth Is Out There“
2011 Land Girls Diana Granville Takroriy rol
Doctor Who Cleaves 2ta epizod
DCI Banks doktor Elizabeth Waring Epizod: „Friend of the Devil“
2012 Midsomer Murders Diana DeQuetteville Epizod: „The Dark Rider“
Hustle doktor Dana Deville Epizod: „Eat Yourself Slender“
A Touch of Cloth Clare Hawkchurch Epizod: „The First Case“
2013 The Other Child DI Valerie Almond
Jo Pauline Langlois Epizod: „Notre Dame“
Heading Out Sabine 1ta epizod
Law & Order: UK Lydia Smythson Epizod: „Dependent“
2013-2015 Downton Abbey Phyllis Baxter Muntazam serial
2014 Jonathan Creek Sharon Epizod: „The Letters of Septimus Noone“
2015 Vera Gloria Edwards Epizod: „Shadows in the Sky“
2015-2017 Uncle Teresa Muntazam serial
2016 Mid Morning Matters with Alan Partridge Hayley Epizod: „Grundy + Snow“
2017 Silent Witness doktor Eva Vasquez Epizod: „Awakening“
W1A Tasmin Howard 1ta epizod
2017-2020 The Worst Witch Miss Hardbroom Muntazam serial
2018 Strangers Rachel Hargreaves Muntazam serial
2022 The Good Karma Hospital Frankie Martin 4-mavsum

Radioda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2008 Spending My Inheritance Jo
2015 Ed Reardonʼs Week Suzan

Teatr sahnalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Teatr
1997 Twelfth Night Viola Royal Court Theatre
1998 Othello Desdemona National tour
Threesome Ruth Old Red Lion Theatre
2002 Possible Worlds Joyce Tron Theatre
2004 MacBeth xonim MacBeth[2] International tour
2005 Anna Karenina Anna Arkadyevna Karenina Royal Lyceum Theatre
2006 Mirandolina Mirandolina[2] Royal Exchange Theatre
2019 Shipwreck Jools/Donald J. Trumpning kotibasi[9][10] Almeida Theatre

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „School's out forever Raquel Cassidy has graduated from Teachers to Glasgow's Tron, reports Neil Cooper“. HeraldScotland. Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Raquel stars in record-breaking comedy show – News – gethampshire“. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
  3. Morganstern. „Attending ‘Downton Abbey’ Film Premieres (And Drinking Hot Chocolate) With Star Raquel Cassidy“ (en). Forbes. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  4. „Lola (1999)“. BFI. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Raquel Cassidy“. BFI. 2016-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  6. „Raquel Cassidy“. TVGuide.com.
  7. Strause. „SAG Awards: ‘Downton Abbey’ Wins Best Cast in a Drama Series“ (2016-yil 30-yanvar).
  8. Brazier. „Downton Abbey: A New Era's Raquel Cassidy teases 'most amazing, sumptuous ride'“ (2022-yil 24-aprel).
  9. „Raquel Cassidy | Hamilton Hodell“. www.hamiltonhodell.co.uk. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  10. „Shipwreck“ (en). Almeida Theatre. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]