Raimqul Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raimqul Oripov— 1879-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Urgut qishlog‘idan, o‘zbek, ruhoniy, imom, hibsga olingan paytda mashg‘uloti aniq bo‘lmagan. Aksilinqilobiy faoliyatida ruhoniylar va quloqlar bilan yaqindan bog‘lanib kolxozchilar orasida doimiy ravishda isyonchilik, aksilinqilobchilik targ‘iboti olib borgan, ochlik haqida aksilinqilobiy gaplar tarqatgan, hukumatda tez orada o‘zgarish bo‘ladi, deb tashviqot qilib, hozir bo‘lganlarni sovet hokimiyatiga qarshi kurashga chaqirganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, muddat 1937-yil 6-iyuldan hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 144 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.