Kontent qismiga oʻtish

Raimjon Alimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alimov Raimjon Hakimovich – (1950-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Iqtisod fanlari doktori, professor.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning „Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligini tugatgan. Ixtisosligi bo‘yicha iqtisodchi-matematik.

Ilmiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1999-2004-yillarda Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylangan;
  • 2001-yilda „Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berilgan;
  • 2001-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
  • 2001-yilda Oliy maktab fanlari Xalqaro akademiyasining aʼzosi etib saylangan;
  • 2003-yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etilishi va rivojlanishidagi xizmatlari uchun ,,Hurmat belgisi” nishoni bilan taqdirlangan;
  • 2003-yilda Rossiya sirtqi moliya-iqtisod instituti faxriy professori diplomi berilgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1996-1999-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektori;
  • 1999-2004-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;
  • 2004-yildan „Ekonometrika” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Professor Alimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash aʼzosi hisoblanadi. R.Alimov iqtisodiyot, taʼlim va axborotlashtirish sohasining rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan olim.

R.Alimov o‘zining qator ilmiy ishlarida iqtisodiy-matematik metodlar va axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga joriy etish g‘oyalarini ilgari suradi. Uning bugunga qadar 46 nomdagi darslik va o‘quv-uslubiy, 38 ta ilmiy-uslubiy ishlari, 7 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Olimning 2012-yilda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ,,Maʼlumotlar banki va bazalari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi ,,Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida alohida e’tirof etilib, Oliy va o‘rta maxsus va Xalq taʼlimi vazirliklari hamda “Isteʼdod” jamg‘armasining III darajali diplomi bilan taqdirlangan. Shuningdek tanlovda R.Alimov boshchiligida ,,Axborot texnologiyasi va tizimlari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma ham rag‘batlantiruvchi naminatsiyalarga loyiq ko‘rilgan.

Ilmiy tadqiqot ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-2005 yillarda FTDQ ning rejasi bo‘yicha P-552 «Модернизация системы управления высшим и средним специальным образованием в Узбекистане в ходе реализации Национальной программы подготовки кадров в условиях либерализации экономических отношений и демок- ратизации общества» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

R.Alimov darslarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalangan. Uning boshchiligida «Информационные системы и технологии в экономике» fani bo‘yicha darslik, ,,Axborot tizimlari”, ,,Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”, „Ekonometrikaga kirish”, „Internet texnologiyalari”, „Taʼlimda axborot texnologiyalari”, „Kasbiy taʼlim metodikasi” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.

2013-yilda uning hammuallifligida „Axborot tizimlari” va „Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi. Elektron darsliklar ishlab chiqish bo‘yicha 5 ta patent hammuallifi hisoblanadi.

Mehnat faoliyati davomida 10 nafar iqtisod fanlari nomzodi va 5 nafar katta ilmiy izlanuvchilarga rahbarlik qilgan.

R.Alimovning tashabbusi va rahbarligi ostida bir qancha xalqaro va Respublika doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham o‘tkazilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://scholar.google.com/citations?user=QxMAGcAAAAAJ&hl=ru

https://orcid.org/0000-0003-2855-6900

https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/3073 (Wayback Machine saytida 2022-07-27 sanasida arxivlangan)

https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/3080