Rahim Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rahim Karim


Rahim Karimov Oʻsh shahri

  • yozuvchisi, shoir, publitsist, tarjimon, kinosenariychi, jurnalist.
Asl ismi Karimov Rahimjon Zokirovich
Tugʻilishi 6-iyul 1960-yil(1960-07-06)

Rahim Karimov (Karim) (1960 yil, Oʻsh shahri) — oʻzbek-qirgʻiz-rus yozuvchisi, shoir, publitsist, tarjimon, kinosenariychi, jurnalist.

Umrbayoni[tahrir]

Rahim Karimov 1960 yil 6 iyulda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida tavallud topgan. Shahardagi Narimonov va Oktyabr 50 yilligi nomli maktabda tahsil olgan. 1986 yili Moskvadagi SSSR Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Xalqlar doʻstligi ordenli M. Gorkiy nomli Adabiyot institutin tamomlagan.

Ijodkorligi[tahrir]

Rahim Karimovning sheʼrlari turli millat vakillari tomonidan kuylanmoqda. Uning sheʼrlari rus, qirgʻiz va oʻzbek bastakorlari tomonidan qoʻshiq qilingan. Qirgʻizistonda mashxur mashxur boʻlgan, Qiz-Burak guruxi tomonidan Qirgʻizistonim nomli sheʼri qoʻshiq boʻlib, u qoʻshiq qirgʻiz xalqining madxiyasiga aylanda. Bundan tashqari rossiyalik Mister X laqabli qoʻshiqchi Sergey Glinkinni (Отпускаю тебя), Ivan Veles, Genadi Lubnin, Yuriy Kunz, nemis bastakori Valdemar Bar, ukrainalik qoʻshiqchi Yuriy Sergeyev va boshqa qoʻshiqchi va bastakorlar bilan xamkorlik qiladi. [1]

Matbuotda[tahrir]

Golos tekstilshika, Ak-Buura, Oʻsh oqshomi, gazetalari va Oʻsh adabiy-badiiy almanaxida bosh muharir oʻrinbosari, masʼul kotib, Oʻsh viloyat madaniyat departamentida yetakchi mutaxasis, AKIpress-Fargʻona axborot-tahlil byurosida muharir-tarjimon vazifalarida xizmat qilgan. Bundan tashqari uning maqolalari xalqaro va mahalliy matbuotlarda chop etilgan.

  • «Голос текстильщика»
  • «Уш садоси»
  • «Эхо Оша»
  • «Ош жанырыгы»
  • «Ош шамы»
  • «Кыргыз туусу»
  • «Слово Кыргызстана»
  • «Заман-Кыргызстан»
  • «Сарыкол» (ГБАО, Таджикистан)
  • «Кыргыз руху»
  • «Ёш ленинчи»
  • «Узбекистон адабиёти ва санъати»
  • «Халк сузи»
  • «Литературная газета»
  • «Юность»
  • "Подольский Альманах" (Россия)
  • "Минуты поэзии-2009"(Украина)
  • «Учкун»
  • «Молодость»
  • «Ёш куч»
  • «Ала-Тоо»
  • «Литературный Кыргызстан»
  • «Ош»
  • «Шарк юлдузи» (Узбекистан),
  • «Ёшлик»
  • «Пресс-парк»
  • «Кабар-Юг»
  • «Южный рынок»
  • «7х7»
  • «Ваша газета»

Kitoblari[tahrir]

Oʻzbekcha Ruscha Qirgʻizcha Chop etilgan joy va yili Chop etilgan til
Billur jilgʻalar Прозрачные ручьи Misol Misol
Kamalak Радуга Көк желе Toshkent 1986, 1989
Rangli roʻyo Цветные сны Misol Oʻsh 1988
Beshinchi farz Пятая заповедь Misol 1993
Komila Камила Камила 2000 oʻzbekcha
Komila Камила Камила Bishkek 2005 qirgʻizcha
Komila Камила Камила Oʻsh 2007 ruscha
Hayvonot bogʻi Зоопарк Зоопарк 1998
Hayvonot bogʻi Зоопарк Зоопарк 2008
Xiyonat Измена Кыянат 2002
Xilqat Мирозданье Аалам 2003
Laʼli Badaxshon Рубины Бадахшана Бадахшан бермети Oʻsh 2007
Laʼli Badaxshon Рубины Бадахшана Бадахшан бермети Oʻsh 2007
Beyopa Бейопа Бейопа 2008
Komila Камила Камила London 2013
Misol Живое слово Misol Belorus 2013

Tarjimalari[tahrir]

Mualliflar Kitoblar Tillar Oʻzbekcha nomi
Tash Miyashev “Махабат менен коштошуу” (qirgʻizchadan oʻzbekchaga) "Alvido,muxabbatim!"
Karmishaq Tashbayev Бийик жердин балдары (qirgʻizchadan oʻzbekchaga) "Buyuk yer farzandlari"
Safar Abilov Горустондон кайткан аял (qirgʻizchadan oʻzbekchaga) "Kabristondan qaytgan ayol"
Jumadin Qadirov Бубу Мариям, роман (qirgʻizchadan oʻzbekchaga) "Bubu Mariam"

Mukofotlari[tahrir]

  • Moʻldoʻ Niyaz nomidagi respublika adabiy mukofotining laureati. (Qirgʻiziston)
  • Алтын калем — 2003 (Oltin qalam) viloyat tanlovining gʻolibi. (Qirgʻiziston Oʻsh viloyati)
  • Egamberdi Ermatov nomidagi respublika adabiy mukofoti laureti.(Qirgʻiziston) 2018

Havola[tahrir]

Manbalar[tahrir]