Raga
Raga, rag (sanskritcha — rang, istak) — hind va pokiston xalqlari mumtoz musiqa janri. R.lar oʻzbek maqomlari singari muayyan tovush-qator (txat), ohang tuzilmalari (pakar) va usul (tal) jihatidan bir-biridan farqlanadi. R.lar Bheyrav, Malkuns, Megh, Dipak kabi nomlar bilan, ularning shoxobchalari esa ragniylar deb ataladi. R. Oʻrta asrdan maʼlum boʻlib, tarixiy jarayon davomida yangi kuy va asarlar bilan boyitildi. Hind musiqa olimlari R. larni muayyan ruhiy va axloqiy taʼsiri jihatidan ajratadilar. Kunning muayyan vaqtlari (ertalabki, tushki R. va h.k.), yil fasllarida ijro etiladigan R. lar bor. R. ansambli tarkibiga, odatda, yakkaxon xonanda yoki yakkanavoz sozanda, usul beruvchi urma cholgʻu ijrochisi va boshqa sozandalar kiradi. Har bir R. asosiy mavzuni bayon etuvchi vazmin surʼatdagi qismdan boshlanib, asta-sekin tezlashib boradi, turli nolalarga boy, erkin rivojlanadigan hamda avj olib keladigan qismlar orqali namoyon boʻladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |