Raffaello

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raffaello
"Raffaello" qog'oz qutisi

Raffaello ( ruscha: Раффаэ́лло[1] ) — 1990-yildan beri Italiyaning Ferrero kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan shirinliklar brendi hisoblanadi[2].

Konfet — bodom va o'simlik moyi, yog'siz sut va shakar aralashmasi bilan to'ldirilgan sharsimon gofret. Tashqi tomondan hindiston yong'og'i parchalari bilan qoplangan.

"Raffaello" konfetlari lavsan o'ramida va oq va qizil ranglarda tayyorlangan turli shakldagi qog'oz va metall qutilarda yetkazib beriladi. Har bir konfet, shuningdek, alohida qog'oz yoki lavsan o'ramida joylashgan. Bitta konfetning massasi 10 grammdan iborat.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raffaello shirinliklarining tarkibi: quritilgan hindiston yong'og'i parchalari, o'simlik yog'lari, shakar, shirin bodom, yog'siz sut kukuni, zardob kukuni, bug'doy uni, tapioka kraxmal, lesitin, xushbo'y moddalar, natriy gidrokarbonat va tuz. 100 g shirinlik uchun ozuqaviy qiymati: oqsillar - 9,3 gramm; yog'lar - 47,8 gramm va uglevodlar - 36,8 gramm. Energiya qiymati esa 615 kkalni tashkil etadi (2552 kJ).

Shuni aytib o'tish kerakki, "Rossiyada 2009-yil 1-sonli brend" xalq ishonchining yillik mukofoti natijalariga ko'ra, Raffaello shirinliklari 39% ovoz to'plab, to'plamlardagi shirinliklar segmentida 1-raqamli brend sifatida e'tirof etildi[3]. Shuningdek, 2010-yilda Vladimir viloyatining Vorsha shahridagi Ferrero zavodida Raffaello shirinliklarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi[4].

Analogiyaga ko'ra, "Raffaello" kek va shirinliklar deb ataladi, ular quyidagi ingredientlarni o'z ichiga oladi bular: qaymoq, hindiston yong'og'i va bodom yong'og'i.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Raffaello — Ferrero“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyun.
  2. „Ferrero History and Facts“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyun.
  3. „Названы марки №1 в России 2009“ (ru). 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-noyabr.
  4. „Кондитерская фабрика Ferrero во Владимирской области“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyun.