Kontent qismiga oʻtish

Raʼno Turdiboyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ra’no Eshovna Turdiboyeva (1970-yil 9-avgustda Toshkent viloyati, Olmaliq shahri) - oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2023-yildan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari[1]. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turdiboyeva Ra’no Eshovna 1970-yili Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1994-yil Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ixtisosligi - tarix, inson va jamiyat, davlat va huquq.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi katta yetakchisi lavozimidan boshlagan. 1996-2007-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti falsafa va xuquq kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, xuqushunoslik kafedrasi dotsenti, 2020-2022-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti prorektori[2] lavozimlarida ishlagan. 2022-2023-yillarda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari[3]. 2023-yildan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda[4].

Qayd etish lozim. Ra`no Turdiboyeva 2021-yilda Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘lgan[5].