Kontent qismiga oʻtish

Rūta Meilutitė

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rūta Meilutitė

Meilutitė 2022-yilgi olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Taxallusi/Laqabi Litva
Tavallud sanasi 1997-yil 17-mart
Kaunas, Litva
Boʻyi 1.73 m
Vazni 74 kg
Sport
Mamlakat Litva
Qaysi sport Suzish
Murabbiy(lar)i Tadas Duškinas

Rūta Meilutitė (1997-yil 19-martda tugʻilgan) — litvalik suzuvchi[1]. Olimpiada oltin medali sohibasi. Qisqa (uzunligi 25 m) hovuzlarda 50 metrga brass usulida suzish va 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordchisi. Uzun (uzunligi 50 m) hovuzlarda 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordchisi. Uzun hovuzlarda 100 metrga brass uslubida suzish boʻyicha jahonning sobiq rekordchisi.

15 yoshida Buyuk Britaniyadagi Plymouth kolleji sharafini himoya qiladigan Plymouth Leander Swimming Clubda Jon Rudd boshchiligidagi murabbiylar shtabi qoʻl ostida mashgʻulotlarni boshlaguniga qadar suzish boʻyicha litvalik ayol sportchilar tarafidan oʻrnatilgan 11 ta rekordni yangilab boʻlgan edi[2]. 2011-yili Trabzonda boʻlib oʻtgan Yevropalik yoshlar oʻrtasidagi yozgi olimpiya festivalida 100 metrga brass usulida suzishda oltin, 50 metrga erkin usulda suzishda kumush va 100 metrga erkin usulda suzishda bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiadada Meilutitė ayollar oʻrtasida 100 metrga brass usulida suzish bahslarida 1:05.47 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[3][4][5][6]. 15 yoshida olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan eng yosh litvalik sportchiga aylangan.

2013-yilda Meilutyté oʻzi oʻrnatgan Yevropa rekordini 0,01 soniyaga yangilagan[7]. 2013-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha jahon chempionatida qatnashgan. 50 va 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha jahon rekordlarini oʻrnatgan[8]. 17 yoshida Rūta Meilutitė kamida bir marta suzish boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi barcha xalqaro chempionatlarda gʻolib chiqqan tarixdagi birinchi suzuvchiga aylangan[9].

2019-yil iyulida Meilutyté 2018-yilning aprelidan 2019-yilning martigacha boʻlgan muddatda antidoping qoidalarini buzgani uchun 24 oyga musobaqalardan chetlatilgan[10]. 2021-yil dekabr oyidan musobaqalarda qatnasha boshlagan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rūta Meilutytė ends her professional sports career“ (en). Lithuania Tribune (2019-yil 22-may). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  2. „Plaukikė Meilutytė toliau gerina Lietuvos rekordus“. Delfi (web portal).
  3. „Lithuanian 15-year-old Ruta Meilutyte wins shock gold“. 2012-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
  4. Walker, Peter; Bull, Andy. „Ruta Meilutyte grabs a gold for Lithuania“. Guardian UK (2012-yil 31-iyul). Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
  5. „Rūta Meilutytė is the new world champion“. GUGLIKA (2013).
  6. „Meilutytė: I have to say no to Great Britain“. Lithuania Tribune. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „2013 International Swimming Meeting of Monte-Carlo 100 m Breastroke Women“. Fédération Monégasque de Natation (2013-yil 8-iyun). Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  8. „Olympic teen swim sensation Ruta Meilutyte overcomes adversity“. CNN (2013-yil 5-iyun).
  9. „Aquatic Grand Slam For Ruta Meilutyte With European Gold in Dominant 29.89“. swimvortex.com (2014-yil 24-avgust). 2014-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-avgust.
  10. „FINA Doping Panel Decision — Ruta Meilutyte (LTU)“.
  11. Race, Retta (17 December 2021).