Quyoshli qalam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quyoshli qalam
Muallif(lar) Zulfiya Isroilova
Mamlakat O'zbekiston
Til o'zbek
Janr(lar)i Doston

Quyoshli qalamZulfiya Isroilova qalamiga mansub lirik doston bo'lib, 1970-yilda yozilgan.

Qismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doston “Xayol qanotida”, “Yaratish dardi”, “Navoiy yuragi urib turibdi”, “Daryoday uyg‘oq” singari qismlardan iborat.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dostonda ulug‘ adib, sevimli shoir va donishmand olim Oybekning yorqin obrazi zo‘r hayajon va katta muhabbat-u, ixlos bilan chizib berilgan[1]. Dostonda voqea bosh qahramon Oybekning o‘limi tasviri bilan tugasa-da, asarda hayotbaxsh ruh, quyoshli qalam sohibi Oybek domlaning mangu barhayotligiga komil ishonch ruhi balqib turadi:

Buyuk bu uy uni etarkan ardoq
”Oybek ishlayapti!”- deydi nasllar...
O‘z ko‘rkini ko‘rib tasvirlarida
“Oybek ishlayapti!” - deydi asrlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vafo Fayzulloh „Hurriyat sog'inchi va sururi“. n.ziyouz.com. Qaraldi: 19-yanvar 2023-yil.