Qutayla bint Abduluzzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qutayla bint Abduluzzo
Qutayla
Tavalludi
Vafoti nomaʼlum
Arab yarim oroli, Hijoz
Bolalari Asmo bintu Abubakr, Abdulloh ibn abu bakr

Qutayla binti Abduluzzo (arab. قتيلة بنت عبد العزى) — Abu Bakrning birinchi xotini edi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Makkadagi Quraysh qabilasining Amir ibn Luay qabilasidan edi. Uning Abu Bakr bilan nikohidan Asmo va Abdulloh ismli ikki farzand dunyoga kelgan. Abdulloh tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay Abu Bakr Qutayla bilan ajrashdi. Bu Abu Bakr islomni qabul qilib, Qutayla mushrik bo‘lib qolganidan keyin ro‘y berdi.

Qizi Asmo Makkadan hijrat qilganidan yetti yil o‘tib, Qutayla Madinaga uni ko‘rgani keldi. U mayiz, sariyog‘ va qaraz (qutloq daraxtining dukkaklari)dan iborat sovg‘alar olib keldi. Biroq, Asmo Muhammad alayhissalomdan kofir onasiga qanday munosabatda bo‘lishini so‘rab odam yubormaguncha, onasini uyiga kiritmadi va sovg‘alarni ham qabul qilmadi. Muhammad alayhissalom, albatta, uni uyiga kiritishi va sovg‘alarini qabul qilishi kerakligini aytdilar[1][2].

Shunda Qur’onning quyidagi oyatlari nozil bo’ldi:

“Alloh sizlar bilan din borasida urush qilmagan va sizlarni diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadir. Albatta, Alloh sizlar bilan din borasida urush qilganlar, sizlarni diyorlaringizdan quvib chiqarganlar va chiqarilishingizga yordam berganlarni do‘st tutishdan qaytaradi, xolos. Kim ularni do‘st tutsa, ana o‘shalar – o‘zlari zolimlardir”. (Mumtahana surasi, 8-9 oyatlar)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]