Qurut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qurut — suzmani yongʻoqdekyongʻoqdek yumaloqlab, 2—3 kun oftobga qoʻyib, quritib tayyorlanadigan mahsulot. Maʼlum miqdordagi suzma (1 kg)ga tuz (1 osh qoshiq) qoʻshib yaxshilab aralashtiriladi. Ayrim joylarda Q.ga quritilgan xushboʻy koʻkatlar, rayhon, jambil barglari, tuyilgan qizil qalampir qoʻshiladi. Quritilayotganda Q.ning ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib qoʻyiladi. Tayyor Q.lar surp xaltachalarda saqlanadi.

Oʻtmishda baʼzi dehqonchilik hududlarida yetilib pishgan shirin qovunning eti aralash sharbatiga un solib qaynatib pishirilgan va hosil boʻlgan quyulgan massa qoshiq bilan boʻlaklanib, oftobda quritilgan. Bunday shirinlik qovunqurut deb atalgan.