Qurama parriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qurama parriyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Parriya
Oila: Karamdoshlar
Binar nomi
Parrya kuramensis

Qurama parriyasi (lotincha: Parrya kuramensis) – ikki urugʻpallalilar sinfi, karamdoshlar oilasi, parrya turkumiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qurama togʻ tizmasi Qamchiq dovoni hududida tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 15-25 sm gacha yetadigan koʻp yillik, poyasiz oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Barglari ildiz boʻgʻzida toʻp boʻlib oʻrnashgan, oddiy keng bandli, yuzasi bezchali tuklar bilan qoplangan, oʻtkir uchli, yaproqchalari yirik tishli. Gulpoyasi tik, uzunligi 15-18 sm, bargsiz, bezchasimon tukli. Gullari ikki jinsli. Gultojibarglari, uzun tirnoqsimon, binafsha rangda. Gulkosachabarglari yashil qoʻshilmagan. Changchilari doira hosil qilib urug‘chibargni oʻrab oladi, gulning oʻrta qismida nektar ishlab chiqaruvchi bez oʻrnashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyunda gullab mevasi iyulda pishadi. Mevasi quruq qoʻzoq meva. Qoʻzogʻi uzunchoq, tik, yassi, tuksiz, siliq, boʻgʻim oraligʻi ingichkalashgan. Urug‘i ellipssimon, uzunchoq uzunchoq shaklda, bir tekis joylashgan. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda kam tarqalgan. Yakka yakka yoki uch toʻrttadan toʻp hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati Qurama tizmasi, Qamchiq dovoni hududida uchratish mumkin. Dengiz sathidan 2200-2300 m balandlikda siyrak archazorlarda, shagʻalli yonbagʻirlarda. Ochiq shimoli sharqiy yonbagʻirlar oʻsimlik oʻshishib uchun qulay joy hisoblanadi. Qamchiq dovoni hududidagi mol boqiladigan yerda oʻsandigʻi sababli oyoq ostida qolib ezilishi natijasida areali qisqarib ketgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Parrya kuramensis Botsch.“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.