Kontent qismiga oʻtish

Quneitra okrugi

Koordinatalari: 33°7′32″N 35°49′26″E / 33.12556°N 35.82389°E / 33.12556; 35.82389
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Quneitra okrugi

منطقة القنيطرة
Okrug
Quneitra muhofazasi tarkibidagi Quneitra okrugi (sariq rangda) xaritasi.
Quneitra muhofazasi tarkibidagi Quneitra okrugi (sariq rangda) xaritasi.
33°7′32″N 35°49′26″E / 33.12556°N 35.82389°E / 33.12556; 35.82389
Mamlakat Suriya
Muhofaza Quneitra
Nohiyalari 4 nohiya
Maʼmuriy markaz Quneitra (de yure)
Maydon 1,312.57 km2 (506.79 kv mi)
Aholisi
 (2004)
64,680[1]
Vaqt mintaqasi UTCEET +2; +3
Quneitra okrugi xaritada
Quneitra okrugi
Quneitra okrugi

Quneitra (yokir al-Qunaytira) okrugi (arabcha: منطقة القنيطرة) Suriya janubidagi Quneitra muhofazasi tarkibidagi ikki okrugdan biri. Mazkur okrug muhofaza shimolida, ikkinchi okrug, Fiq okrugi, esa janubida joylashgan. Quneitra okrugining bir qismi 1967-yildan beri Isroil tomonidan ishgʻol qilingan, bir qismi esa 1974-yildan beri BMT kuzatuvchi kuchlari zonasi uchun ajratilgan hudud, yana bir qismi esa Suriya nazorati ostida.

Okrugning maʼmuriy markazi Quneitra shahri. 2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 64,680 kishini tashkil qilgan[1].

Quneitra okrugi tarkibida toʻrtta nohiya mavjud boʻlib, ular quyidagilar (aholi soni 2004-yil holatiga koʻra[1]):

Quneitra okrugi nohiyalari
Kodi Nomi Maydoni Aholi soni
SY140000 Quneitra nohiyasi 332,75 km2 4 318
SY140001 Jabta Elhashab nohiyasi 368,68 km2 42 980
SY140002 Xishniya nohiyasi 346,15 km2 17 382
SY140003 Masʼade nohiyasi 264,99 km2 0
  1. 1,0 1,1 1,2 „General Census of Population and Housing 2004“ (ar). Syrian Central Bureau of Statistics. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr. Also available in English: „2004 Census Data“. UN OCHA. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.