Qozonketkan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozonketkan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1992 yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qushtungil (60 km). Q. dan Nukustacha 100 km. Aholisi 4,2 ming kishi (2005). Gʻisht zavodi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, xususiy korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kolleji, bolalar musiqa maktabi, madaniyat saroyi, tuman markaziy kutubxonasi, tuman markaziy kasalxonasi, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Q.dan Nukus shahriga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.