Qovurilgan oʻrgimchak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qovurilgan oʻrgimchak va hasharotlar sotayotgan ayol. Kambodja, 2010.

Qovurilgan oʻrgimchaklar Kambodjaning ayrim yerlarida mashhur boʻlgan yegulikdir. Poytaxt Pnompenda koʻp sotilmasa-da, mamlakatning boshqa shaharlarida kundalik taom sifatida yeyiladi.[1] Yirik oʻrgimchaklar oʻrmonlarda ovlanib, yogʻda qovuriladi. Bu anʼana qachon boshlangani nomaʼlum, bir taxminga koʻra Qizil Khmerlar hukmronligi paytidagi ocharchilik tufayli shunday ozuqa isteʼmol qilinishi boshlangan, deyiladi.[2]

Bunda asosan katta tarantulalar pishiriladi, bir porsiyasi 300 riel (~150 soʻm) turadi.[3] Tayyorlangan oʻrgimchaklarga sarimsoq, tuz, qayla qoʻshiladi. Mazasi "tovuq va baliqqa oʻxshaydi," deb taʼriflangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Eating spiders in Skuon, Cambodia
  2. Ray, Nick (2002), Lonely Planet Cambodia, Lonely Planet Publications, ISBN 1-74059-111-9. p. 308.
  3. ABC News Online (2-sentabr, 2002). "Spiderwomen serve up Cambodia's creepy caviar.