Qovoqdoshlar
Qovoqdoshlar | |
---|---|
![]() | |
Ilmiy tasniflash![]() | |
Olam: | Oʻsimliklar |
Oila: | Qovoqdoshlar |
Qovoqdoshlar (lotincha: Cucurbitáceae) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Bir gehehehhehhejejejkkekejejejejjejjeejyillik va koʻp yillik oʻrmalabyoki ilashib oʻsuvchi, bir yoki ikki uyli oʻsimliklar. Bitta turkumi daraxtsimon. Barglari oddiy, navbatlashib oʻrnashgan, baʼzan boʻlaklarga boʻlingan yoki oʻyilgan. Yonbargchalari boʻlmaydi. Gullari barg qoʻltigʻida bittadan yoki toʻp boʻlib joylashadi, ayrim jinsli, koʻpincha tutash tojbargli. Mevasi rezavor yoki qovoq(tashqi qavati qattiq, dagʻal, ichi etli sersuv, serurugʻ),100 ga yaqin turkumi, 800 ga yaqin turi koʻpincha tropik va subtropiklarda oʻsadi. Koʻp turlarining mevasi ovqatga ishlatiladi. Shu sababdan bir qancha turlari(bodring, qovun, qovoq(o'simlik), tarrak, tarvuz va boshqalar) hamma qitʼalarda palakli ekin sifatida qadimdan ekiladi. Ayrim turlari(abujahl tarvuzi, sirtan) dorivor, manzarali turlari(eshakbodring,idish-qovoq,qozonyuvg'ich,itqovun, pechakqovun va boshqalar)ham bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |