Qosim ibn Husayn Xorazmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qosim ibn Husayn Xorazmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1221-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosim ibn Husayn Xorazmiy — toʻliq ismi Abu Muhammad Majiduddin Qosim ibn Husayn ibn Muhammad Xorazmiydir. Qosim ibn Husayn Xorazmiy grammatik olim, nasriy yozuvchi, shoir. Adabiyotning mohir ustasi, nazm va nasr bobida etuk adib hisoblanadi. U „Sadrul fazoil“ („Fazilatli kishilar peshvosi“) laqabi bilan mashhur boʻlgan[1]. U 1160 yili Xorazmda tugʻilgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roziyiddin Naysoburiy[2], Mutarriziy Xorazmiy, Faxriddin Roziy, Abdulkarim Anmotiy, Oriz Saraxsiy va Afzaliddin Gʻiyloniy[3].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobus sabika“, „Badoiʼul mulah“, „Tajmir fi sharhil Mufassal liz Zamaxshariy“, „Tavzih fi sharhil Maqomot lil Haririy“, "Xolvatur riyohiyn fil muhozarot", „Zavoya val xaboya fin nahv“, „Sharhul abniya fin nahv“, „Sharhul ahojiy liz Zamaxshariy“, „Sharhul Anmuzaj liz Zamaxshariy“, „Sharhul yaminiy lil Utbiy fit tarix“, „Ziromus saqt fi sharhi siqtuz zand li Abu Alo Maʼariy“, "Ujalatus safar fish sheʼr", „Ajoibun nahv“, „Kitobus sir fi ilmil eʼrob“, „Lahjatush sharʼi fi sharhi alfozil fiqhi“, "Bastus sabika fi sharhil Mufassal", „Kitobul mufrad val muallaf“, „Kitobul muhassal lil muhassala fil bayon“ kabi asarlarini yozgan. „Diromus saqt fi sharh siqtuz zand“ asarini 1191/587 yili Samarqandda yozgan[4].

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ibn Mustavfo Arbiliy
  • Malxiy
  • Abu Muayyad

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1220-yili vafot etgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xoji Xalifa. Kashfuz zunun. — Bayrut: Doru ihyoit turosil arabiy, 1966. 2-jild. — B.1775
  2. Yoqut Hamaviy. Muʼjamul udabo. — Bayrut: Dorul gʻarbil islomiy, 1993. — B. 2196
  3. Yoqut Hamaviy. Muʼjamul udabo. — Bayrut: Dorul gʻarbil islomiy, 1993. — B. 2741
  4. Ismoil Posho Bagʻdodiy. Hadiyyaul orifiyn. — Istanbul: Bahiyya, 1951. 1-jild. — B. 828
  5. Abu Muhammad Abdulqodir ibn Muhammad. Javohirul muziyya fi tabaqotil hanafiyya. — Misr: Hajr,1993. 2 jild. — B. 704