Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi
Asos solingan 2001-yil
Talabalari 468 ta
Fakultetlar 6 ta
Oʻqituvchilar 34 ta
Manzili Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani Nurobod 1/2
Vebsayti https://qorovulbozor-khm.uz/

Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi"- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tarkibidagi kasb-hunar maktablaridan biri.

Kasb-hunar maktabida 6 ta kasblar „Avtomobil dvigatellarini tashxislashtirish va taʼmirlash“, „Kompressor qurilmalari mashinisti“, „Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari“, „Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)“, „Elektromontyor“, „Apparat va dasturiy taʼminot sozlovchisi“ kasblari boʻyicha oʻquvchilar oʻqitiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro viloyat hokimining [1]. 2001 yil 14 sentyabridagi „Viloyatda kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarorini va viloyatda 1995-2005 yillarda akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish mintaqaviy dasturini taʼminlash maqsadida Qorovulbozor tumanidagi 29-son hunar bilim yurti faoliyati tugatilib, ularning 2 va 3-kurs talabalari yangi tashkil etilgan kasb-hunar kollejiga koʻchirildi. 2001-2002 oʻquv yilidan boshlab tuman sanoat va transport kasb-hunar kollejida oʻqituvchi va muhandis-pedagog hamkorligida ish faoliyati boshlandi. Shu yilning oʻzida kasb-hunar kollejiga neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash, avtotransport vositalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish va buxgalteriya ishi yoʻnalishlari boʻyicha 112 nafar 9-sinf bitiruvchilari qabul qilindi. 2002 yil 27 dekabrda barcha qulayliklarga ega boʻlgan 450 oʻrinli kasb-hunar kolleji binosi foydalanishga topshirildi va oʻquv-tarbiya jarayonlari shu dargohda davom ettirildi. Kollejga Janubiy Koreya davlati granti asosida 54 mln. 373 ming 832 soʻmlik oʻquv jihozlari keltirildi va amaliyotda doimiy qoʻllanildi.

Qorovulbozor sanoat va transport kasb-hunar kolleji faoliyati davomida mehnati singan insonlar juda ko‘p. Zafar Musayev, Hikmat Salimov, Mirzohid Salomov, Bayan Cherniyazova, Sarviya Kuljanova, Bilol Nazarov, Ibod Safarov, Salim Abdullayev, Samad Kurbayev, Gulnora Normurodova, Nazokat Shoboyeva, Sayyora Bekmurodova, Barno Qo‘ldosheva, Nurxon Sobitova, Shoira Sodiqova, Mayram Kenjayeva, Mohinur Jo‘rayeva, Zebiniso Baqoyeva, Dildora Raxmatova, Anvar Xo‘jaqulov, Zavqiddin Aminov va boshqa bir qator o‘qituvchilar nomini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir.

2001 yilda tashkil etilgan Qorovulbozor sanoat va transport kasb-hunar kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabridagi PF-5812-sonli „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoniga [2] muvofiq „Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi“ sifatida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yilga qadar 503 nafar oʻquvchilar „Avtomobillarni taʼmirlash chilangari kasbi boʻyicha“, „Neftgaz mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash qurilmalari operatori kasbi boʻyicha“, „Elektr jihozlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash elektrmontyori (tarmoqlar boʻyicha) kasbi boʻyicha“ va boshqa kasblar boʻyicha oʻqib tugatgan.

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi quvvati: 450 oʻrinli.
  • Yotoqxona: 100 oʻrinli.
  • Oʻquvchilar soni: 468 nafar, shundan qizlar 87 nafar.
  • Pedagoglar soni: 34 nafar.
  • Hamkorlik shartnomalari tuzilgan korxona soni: 11ta
  • Darsdan tashqari tashkil qilingan kasb-hunarga oʻrgatish fan toʻgaraklari:17 ta
  • 2023 yil bitiruvchilar bandligi: 168 nafar (100 foiz).
  • Shundan Oliy taʼlimga kirgan oʻquvchilar soni: 76 nafar (45%).
  • Viloyat fan olimpiadalaridagi sovrinli oʻrinlari soni: 5ta
  • Xalqaro fan sertifikatlari sovrinli oʻrinlari soni: 7 ta
  • Respublika darajasida Oʻqitish materiallar toʻplamlarini ishlab chiqqanligi boʻyicha yutuqlarga erishilgan oʻrinlar soni: 5 ta

Hamkor tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabda yuqoridagi kasblarni oʻqitishda tumanning quyidagi buyurtmachi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik ishlar amalga oshirilib boriladi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ,

– Buxoroneftgazparmalash AJ,

– Qorovulbozor qurilish va Obodonlashtirish unitar korxonasi,

– Buxara Real Moto MCHJ,

– Qorovulbozor tuman Elektr taʼminoti korxonasi,

– BNQZ kasana tekstil MCHJ ,

– Qorovulbozor tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomarqa yer egalari kengashidan umumiy fermer xoʻjaliklari ,

– Buxoro Yevro sement MCHJ ,

– Uzparqurilish AJ ,

– Uzpartompanaj AJ,

– Uzparavtotrans AJ,

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi "Avtotransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 408-sonli qarori asosida 408-sonli qarori talablari boʻyicha „Avtomobil dvigatellarini tashxis va taʼmirlash“ kasbi oʻquvchilari „B“ va „BC“ toifali haydovchilik guvohnoma olish imkoniyati xam mavjud.

Oʻquv amaliyoti ustaxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi Chilangarlik ishi ustaxonasi, Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasi, Elektrgaz payvandlash ishlari ustaxonasi, Sanoat korxonalari jihozlarni ishlatish, taʼmirlash va TXK ustaxonasi, Dastgohlik ishi ustaxonasi, Tikuvchilik kabi oʻquv ustaxonalari bilan toʻliq jihozlangan.


Manzil:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabi manzili: Qorovulbozor tumani, Tinchlik MFY, Nurchilar koʻchasi 1-uy.

Kasb-hunar maktabining geolokatsiyasi

https://maps.google.com/maps?q=39.499073,64.805310&ll=39.499073,64.805310&z=16

Tel: +998-65-364-15-43, +998-99-459-21-44

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. B. Soliyev. Qorovulbozor tumani: o'tmish, bugun va kelajak chorrahasida. Toshkent: Tafakkur, 2013 — 225 bet. ISBN 978-9943-24-046-9.. 
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi. Qaraldi: 15-mart 2024-yil.