Qorin pardasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qorin pardasi - odam va hayvonlar qorin boʻshligʻi devorlarini ichki tomondan qoplab, uning ichidagi aʼzolarni oʻrab turadigan yupqa seroz parda. Qorin pardasining tashqi qavati mezoteliydan hosil boʻlib, birikti-ruvchi tolali toʻqima esa uning asosini tashkil etadi. Qorin pardasi ichki aʼzolarni oʻrab turuvchi visseral varaq va qorin devorini oʻrab turuvchi pariye-tal varaqdan iborat. Normal holatda varaklar oʻrtasidagi boʻshliqda seroz suyuqlik boʻladi. Qorin pardasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin boʻshli-gʻidagi aʼzolar birbiri bilan ishqalanmaydi. Qorin pardasining tashqi boʻshligʻida yogʻ toʻqimalari, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yoʻli joylashgan. Qorin pardasi bu aʼzolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi. Ichki aʼzolar Qorin pardasi bilan har tomonlama (intra-peritoneal), uchala tomondan (mezo-peritoneal) yoki bir tomonlama (ekstraperitoneal) oʻralishi mumkin. Qorin pardasi ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi; ular oraligʻida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Qorin pardasi qorin boʻshligʻidagi aʼzolar oldida yogʻ qatlami — charvint hosil qiladi. Qorin pardasi hujayralari himoya xususiyatiga ega boʻlib, ular baʼzi kasalliklar (appenditsit, meʼda yarasining yorilib ketishi va boshqalar) da hamda operatsiyalarda qorin boʻshligʻiga tushgan mikroblarni nobud qiladi. shikastlanishlarda, ayrim operatsiyalar (mas, appenditsit) kechiktirilganda Qorin pardasining yalligʻlanishi — peritonit kuzatiladi.