Qoraqalpogʻiston gerbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpogʻiston gerbi
Qabul qilingan 9-aprel 1993-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat gerbi (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqstan Respublikasıniń mámleketlik gerbi / Қарақалпақстан Республикасының мәмлекетлик герби) — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika — Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy ramzlaridan (bayrogʻi va madhiyasi bilan birga) biri[1]. Qoraqalpogʻiston gerbi 1993-yil 9-aprelda respublika Joʻqorgʻi Kengeshining XII sessiyasida davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonuni qabul qilinganda tasdiqlangan[2]. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat gerbi Qoraqalpogʻiston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi[3]. Gerb mashhur sovet, qoraqalpoq va oʻzbek rassomi Jolliboy Izentayev chizmasi bilan Oʻzbekiston gerbi asosida yaratilgan[4].

Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston ASSR gerbi

Qoraqalpogʻiston gerbi Oʻzbekiston gerbiga juda oʻxshaydi va amalda uni qismlarga boʻlib, koʻchirib olgan. Bu esa ikki respublikaning birligidan dalolatdir. Qoraqalpogʻiston gerbida toʻq moviy togʻlar ustidan chiqayotgan quyosh va respublikaning qadimiy tarixi va madaniyati timsoli boʻlgan zardushtiylarning Chilpiq qal’asi, Amudaryo va Orol dengizi tasvirlangan boʻlib, ular oʻng tomonda sholi boshoqlari, chap tomonda esa ochiq paxta chanoqlaridan iborat gulchambar bilan oʻralgan. Gerbning yuqori qismida qirralari toʻq sariq rangda boʻlgan koʻk sakkizburchak, uning ichida oq rangdagi yulduz va yarim oy tasvirlangan[3]. Gerbning markazida qanotlari ochiq afsonaviy qush Humo aks etgan. Gerbning pastki qismdagi gulchambarda respublika davlat bayrogʻi va markazida „QARAQALPAQSTAN“ (yoki „ҚАРАҚАЛПАҚСТАН“) yozuvi joylashgan[2]. Paxta va sholidan iborat gulchambar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston bayroqlari tushirilgan lentalar bilan bogʻlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Конституция Республики Каракалпакстан — Статья 1“ (ru). Официальный сайт Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан — parliamentrk.gov.uz. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI’NI’N’ MA’MLEKETLIK GERBI“.
  3. 3,0 3,1 „Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat gerbi“.
  4. „Художники Каракалпакстана. Жизнь любил как настоящий художник“ (ru). erkinkarakalpak.uz. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Qaraqalpaqstan Respublikasi’ ma’mleketlik belgileri“ (kaa). Официальный сайт Совета Министров Республики Каракалпакстан и портал Государственной власти Республики Каракалпакстан— sovminrk.gov.uz. 2018-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]