Qog'oz daraxti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qogʻozdaraxt (Broussonetia papyrifera-sinonimi Murus papyrifera) —keng tarqalgan nomlari orasida Mato daraxti nomi mavjud tutdoshlar oilasiga mansub ikki uyli daraxt va butalar turkumi. Gullari to’pgul bo’lib 2sm uzunlikda. Mevasi sharsimon qizil yoki sariq Sharqiy Osiyo va Polineziyada 6-8 turi maʼlum.. Boʻyi 5–20 m bazan 35 m gacha, barglari bandli, butun yoki boʻlmali, shakli harhil hatto bir tupdagilaridaham, yengil tukli 15-20 sm uzunlikda. Qogʻoz daraxtining vatani Yaponiya va Xitoy.Bundan tashqari Yevropa, AQSH, Afrikaning ayrim hududlari,  O’zbekiston, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda ekib oʻstiriladi. Uning Kazinoki turi Koreya yarim oroli va Yaponiyada yovvoyi holda uchraydi.

Bu o’simlik tola va dorivor maqsadlarda yetishtirilgan. Asosan, qogʻoz tayyorlashda ishlatiladi. Poʻstlogʻidan aʼlo sifatli qogʻoz (qogʻoz pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqalar) ishlab chiqariladi, Osiyo va Tinch okeanining bazi orollarida ko’p asrlar davomida mahalliy xalq oziq-ovqat kiyim-kechak va arqon tayyorlarlashda foydalangan

qog'oz daraxti mevalari

Qog’oz daraxtidan qog’oz olish dastlab Xitoyda 2-8 asrlarda yo’lga qo’yilgan. Bunda darxt po’stlog’I maydalandi va xamir hosil qilish uchun suv bilan aralashtirilib choyshabga o’rab qurutiladi.Yog’ochidan mebel va idishlar tayyorlashda foydalaniladi.

Bundan tashqari ko’kalamzorlashtirish maqsadida ko’cha va hiyobonlarga ekilmoqda. Avtomobil yo’llari chetlarida turlihil gazlarga chidamli.O’zbekistonda Toshkent ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish uchun keng foydalanilmoqda. Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Pitovnikdaham mahalliy iqlimga moslashtirish ishlari olib borilmoqda.