Qogʻozdaraxt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qogʻozdaraxt — tutdoshlar oilasiga mansub ikki uyli barg toʻkuvchi daraxt va butalar turkumi. Sharqiy Osiyo va Polineziyada 6-8 turi maʼlum. Qogʻoz tut turining vatani Yaponiya va Xitoy. Boʻyi 5–16 m gacha, barglari bandli, butun yoki boʻlmali. Asosan, qogʻoz tayyorlashda ishlatiladi. Poʻstlogʻidan aʼlo sifatli qogʻoz (qogʻoz pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqalar) ishlab chiqariladi, mahalliy xalq esa kiyim-kechak va arqon tayyorlaydi. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda ekib oʻstiriladi. Q.ning kazinoki turi Koreya ya.o. va Yaponiyada yovvoyi holda uchraydi.