Kontent qismiga oʻtish

Qisqichbaqa Telefon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qisqichbaqa Telefon

Qisqichbaqa Telefon (shuningdek Afrodiziak Telefon nomi ostida mashhur) Salvador Dalí tomonidan 1936 yili yaratilgan surrealistik jismdir. Dalí qisqichbaqa va telefonlar haqida oʻzining Maxfiy Hayot kitobida yozadi; restoranda qovurilgan qisqichbaqa buyurtirganida nega uni telefon bilan birgalikda keltirishmasligi haqida qiziqadi.

Buyum oddiy ishlaydigan telefon hamda uning goʻshagiga yopishtirilgan, gipsdan yasalgan qisqichbaqadan iborat gʻalati gibriddir. Uning oʻlchovlari taxminan 15 × 30 × 17 sm.

Dalí ushbu jismni qisqichbaqaning jinsiy aʼzolari telefon goʻshagining mikrofon joylashgan qismida boʻlishini, demakki gaplashuvchining ogʻziga qisqichbaqaning jinsiy aʼzosi kirib turishini rejalashtirib yasagan.

Ushbu buyumning toʻrtta rangli nusxalari mavjud. Ulardan biri Londondagi Tate Modern muzeyida; ikkinchisi Frankfurtdagi Nemis Telefon Muzeyida; uchinchisi Edward James Jamgʻarmasiga tegishli muzeyda; toʻrtinchisi esa Avstraliya Milliy Galereyasida saqlanadi.

Bundan tashqari uning olti dona oq rangli nusxalari ham bor, ulardan biri Minneapolis Sanʼat Muzeyida saqlanadi.