Qisqartma soʻzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Masalan, IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalqtaʼlimi boshqarmasi, fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi va faol qoʻllanishi natijasida keyinchalik ogʻzaki nutqqa ham oʻtadi.

Q.s, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil qilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qs.ning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (Oʻzbekiston milliy universiteti — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"); 3) soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bosh qismlarini olib qoʻshish bilan (biofak — biologiya fakulteti, jurfak — jurnalistika fakulteti); 4) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarni qisqartirmay qoʻshish bilan (Oʻzdonmahsulot, Oʻzgazloyiha); 5) aralash yoʻl bilan (Oʻzbektelekom, Oʻzteleradiokompaniya, Oʻzavtoyoʻl) va boshqa

Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzXDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora, muassasa, tashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding, Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Q.s tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin. Keyingi turga man-sub oʻzbekcha Qisqartma soʻzlarning aksariyati rus tilidagi soʻz birikmalari va ular asosidagi Qisqartma soʻzlarning kalkalari hisoblanadi, mas, BMT<OON, DAN< GAI, OAV (ommaviy axborot vositalari)< SMI (sredstva massovoy informatsii), EHM< EVM kabi.

Nosirjon Oxunov.